Jamiyat

Oʻzbekiston virusologiyasi asoschisi Shabat Xoʻjayev vafot etdi

© Sputnik / Aleksandr Paniotov / Fotobankka oʻtishKupol mecheti
Kupol mecheti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.11.2021
Professor Xodjayev Shabat Xodjayevich 98 yoshda olamdan koʻz yumdi.
TOSHKENT, 13 noya — Sputnik. Xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Oʻzbekiston, Qoraqalpogʻiston va Nyu-York akademiyasining haqiqiy aʼzosi, professor Xodjayev Shabat Xodjayevich 98 yoshda olamdan koʻz yumdi.

Xodjayev SH.X. 1924 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1946 yilda Toshkent tibbiyot institutining davolash fakultetini tamomlagan.

1946 yil noyabr oyida Sobiq Ittifoq Tibbiyot fanlari akademiyasining Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar institutiga aspiranturaga oʻqishga qabul qilindi (Moskva). Aspiranturani tamomlagach, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, 1951 yilgacha shu institutda ishladi.

1961 yilda SH.X.Xodjayev Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida yuqumli kasalliklar kafedrasi professori, 1962-1965 yillarda ilmiy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor lavozimlarida ishlagan, 1964 yildan esa bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasini tashkil etib, 40 yil davomida unga rahbarlik qilgan.

SH.X.Xodjayev 1967 yilda Oʻrta Osiyoda ilk bor 1-klinik yuqumli kasalliklar shifoxonasida virusologiya laboratoriyasini yaratdi va Oʻzbekistonda birinchi marta gripp va boshqa oʻtkir respirator kasalliklar diagnostikasi uchun immunofluoressentsiya reaktsiyasini joriy qildi. Klinik immunologiyada olib borilgan ishlarning katta bosqichi natijasi oʻlaroq Moskvada nashr etilgan "Immunologiya boʻyicha qoʻllanma" (1973) monografiyasi boʻldi.

1979 yilda SH.X.Xodjayev D.I.Ivanovskiy nomidagi Virusologiya institutining Oʻzbekistondagi filialini tuzib, unga rahbarli qildi. OʻzR SSV Virusologiya institutiga asos solib, unga 2004 yilgacha rahbarlik qilgan.

Professor Xodjayev Virusli gepatit sohasida ish boshlagan holda Oʻzbekiston aholisini gepatit virusiga qarshi ommaviy emlash gʻoyasini ilgari surib, bosqichma-bosqich amalga oshirdi. 1990-1991 yillarda SH.X.Xodjayev rahbarligida Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida virusli gepatit B ga qarshi emlash dasturi ishlab chiqildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala