Iqtisod

"Yilning eng yaxshi tadbirkori"ga 27 mln soʻm miqdorida mukofot beriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.11.2021
"Yilning eng yaxshi tadbirkori" davlat mukofoti taʼsis etiladi.
TOSHKENT, 13 noya — Sputnik. Oʻzbekiston savdo sanoat palatasi Prezidentning “Yilning eng yaxshi tadbirkori” davlat mukofotini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi prezident farmoni loyihasini tayyorladi.
Loyiha tadbirkorlarga motivatsiya berish uchun ularni ragʻbatlantirish tizimini joriy etish, har yili “Yilning ilgʻor tadbirkorlari” kitobini chop etib borish, tadbirkorlarni munosib taqdirlash va ragʻbatlantirish uchun alohida davlat mukofotlarini taʼsis etish nazarda tutadi.
Voditelskoye udostovereniye Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.11.2021
Jamiyat
Haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish xizmati qayta tiklandi
Xususan, loyiha bilan “Yilning eng yaxshi tadbirkori” davlat mukofotini taʼsis etish taklif etilmoqda.
Shuningdek, “Yilning eng yaxshi tadbirkori” davlat mukofoti bilan taqdirlangan biznes vakillariga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida bir martalik ustama mukofot puli toʻlanishi belgilanmoqda.
Bundan tashqari, loyiha bilan Savdo-sanoat palatasiga “Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan tadbirkor” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish, yaʼni “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan tadbirkor” faxriy unvonini taʼsis etish boʻyicha taklif kiritish vazifasi yuklanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala