Iqtisod

Avtomobil sotib olganlik uchun yigʻim bekor qilinishi mumkin

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishAvtomobili
Avtomobili - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.11.2021
2022 yildan avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yigʻim bekor qilinadi. Avtomobil oldi-sotdi shartnomasini notarial rasmiylashtirish uchun undiriladigan davlat boji qayta koʻrib chiqiladi.
TOSHKENT, 15 noya – Sputnik. Oʻzbekistonda 2022 yil 1 yanvardan boshlab avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yigʻim toʻliq bekor qilinadi. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Doniyor Gʻaniyev oʻzining Telegram kanalida xabar berdi.
Uning yozishicha, Hukumat tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 2022 yil uchun Davlat byudjeti loyihasi va Byudjetnomada kiritilgan.
Hujjatga koʻra, fuqarolarga mulkiy munosabatlarni amalga oshirishda davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonlarini yengillashtirish va mulk huquqini toʻlaqonli tasarruf etishga qulay sharoitlarni yaratish maqsadida 2022 yil 1 yanvardan boshlab avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yigʻim toʻliq bekor qilinadi.
Bundan tashqari, uning yozishicha, uning Moliya vazirligidagi manbalari "Davlat boji toʻgʻrisida"gi qonunga oʻzgartish kiritilishi kutilayotganini maʼlum qilgan. Unga muvofiq, avtomobil oldi-sotdi shartnomasini notarial rasmiylashtirish uchun undiriladigan davlat boji, transport vositasining ot kuchi va ishlab chiqarilgan sanasidan qatʼiy nazar BHMning 3 barobari (810 ming soʻm) etib belgilanadi. Amalda BHMning 2 barobaridan 10 baravarigacha (540 ming soʻmdan — 2,7 mln soʻmgacha) miqdorda belgilangan.
Demak, "2022 yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisida"gi qonunni qabul qilinishi hamda "Davlat boji toʻgʻrisida"gi qonunga tegishli oʻzgrtirish kiritish ortidan ikkilamchi bozordan sotib olingan avtomobilni rasmiylashtirish xarajatlari keskin kamayadi, deb yozmoqda Gʻaniyev.
Amaldagi tartibga asosan ot kuchi 105 boʻlgan va ishlab chiqarilgan sanasi 3 yildan koʻp boʻlmagan Nexia avtomobilini oldi-sotdi shartnomasini notarial rasmiylashtirish uchun oʻrtacha 5mln 535 ming soʻm xarajat talab qilinayotgan boʻlsa, qonunchilikka yuqoridagi oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng (2022 yildan) bu xarajatlar taxminan 4 mln soʻmga kamayib, 1,6 mln soʻm atrofida boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala