Jamiyat

Oʻzbek va qozoq harbiylari Afgʻoniston chegarasida mashgʻulot oʻtkazishadi

© Ministerstvo oboronы respubliki UzbekistanCovmestnыe ucheniya uzbekskix i kazaxskix voyennыx na poligone "Matыbulak"
Covmestnыe ucheniya uzbekskix i kazaxskix voyennыx na poligone Matыbulak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.11.2021
Mashgʻulotlarga Su-30SM qiruvchilari, S-295 harbiy-transport samolyotlari hamda taktik uchuvchisiz uchar qurilmalari jalb qilinadi.
TOSHKENT, 15 noya – Sputnik. Oʻzbekiston va Qozogʻiston harbiylari ishtirokida “Hamkorlik-2021” qoʻshma mashgʻulotlari boʻlib oʻtadi.
Mashgʻulotlar Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi poligonda 17 noyabrdan 24 noyabrga qadar boʻlib oʻtadi.
“Qoʻshma mashgʻulotlar maqsadi – vazifalarni birga hal qilish chogʻida ikki qardosh davlat qurolli kuchlarining mosligi va birgalikdagi harakati darajasini oshirish”, - deyilgan Qozogʻiston Mudofaa vazirligi xabarida.
Mashgʻulotlarda yuzdan ziyod harbiy xizmatchilar qatnashadi. Su-30SM qiruvchilari, S-295 harbiy-transport samolyotlari hamda taktik uchuvchisiz uchar qurilmalari jalb qilinadi.
Harbiylar oʻzlarining qidiruv-razvedka ishlarini olib borish mahoratlari namoyish etishadi, dushmanning ilgʻor otryadlarini yoʻq qilishda jangovar qoʻriqlash xatti-harakatlarini yaxshi oʻrganib olishadi.
Ucheniya Kalkan-2021 v Kazaxstane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.11.2021
Video
Spetsnaz kuchi: oʻzbek va qozoq harbiylari ishtirokida mashq qanday oʻtdi - video
Bundan tashqari, ular noqonuniy qurolli guruhlarning hujumini qaytarish va ularni yoʻq qilish malakalarini oshirishadi. Jang maydonida yaralanganlar va ishdan chiqqan texnikalarni olib chiqish koʻnikmalarini mustahkamlashadi.
Avvalroq Qozogʻistonda “Qalqon-2021” oʻzbek va qozoq harbiylari ishtirokidagi mashgʻulotlar boʻlib oʻtgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala