Iqtisod

Benzin narxi oshishi sabablari aniq boʻldi

© Sputnik / Konstantin MixalchevskiyZapravochnaya kolonka
Zapravochnaya kolonka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.11.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Monopoliyaga qarshi kurash qoʻmtasi Oʻzbekistonda benzin narxi oshishi sabablarini tushintirib berdi va kelgusida narxni tushirish borasida qanday choralar koʻrilayotganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 16 noya - Sputnik. Oʻzbekistonda benzin narxi oshishi sabablari maʼlum boʻldi, dedi Monopoliyaga qarshi kurash qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Farrux Karabayev, matbuot anjumanida. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan Ai-80 benzini narxi 2021 yil boshidan buyon 72%ga oshgan. Bunga bir qator tashqi va ichki sabablar boʻlgan, - deydi Monopoliya qoʻmitasi vakili.
Tashqi sabablar
Yil boshidan buyon jahon bozorida “brend” rusumli neft narxi 52%ga oshdi. Bu albatta Oʻzbekiston ichki bozoriga ham taʼsir qildi. Maʼlumki Oʻzbekistonga Ai-92 va undan yuqori navli benzinlarni tayyor mahsulot sifatida import qilinadi.
Ushbu toifa benzin narxi yil boshidan buyon 1,5 baravar oshgani sababli, ichki bozorda unga talab kamaygan.
Isteʼmolchilar Ai-92 navli benzin oʻrniga, arzonroq Ai-80 navli benzinga oʻtishdi. Bu 80 navli benzinga talab oshish omillaridan biri boʻldi.
Ichki sabablar
Birinchidan, birjaga kunlik yetkazib berilayotgan benzin hajmi qisqarishi. Masalan oktyabrda kuniga 4500 tonna benzin yetkazib berilgan boʻlsa 12 noyabrga keli 2400 tonna yetkazib berilgan.
Ikkinchidan, Oʻzbekistonda benzingi boʻlgan talabning oshishi. Soʻnggi uch yilda ichiki bozorda benzinga boʻlgan talab 1,1 mln tonnadan 1,3 mln tonnaga yetdi.
Uchinchidan, ichki bozorda Ai-80 benzini ishlab chiqaruvchilarining monopollashgani. Ushbu navli benzinning 76% Buxoro Neftni qayta ishlash zavodi tomonidan ishlab chiqariladi, 10% - Fargʻona Neft zavoda va qolgani mayda ishlab chiqaruvchilar tomonidan. Bunda benzinning katta partiyasi faqat bir neft bazasiga sotish holatlari ham kuzatilgan. Ayni damda ushbu holat narxlar oshishiga qanday taʼsir qilgani oʻrganilmoqda.
Toʻrtinchilan, birjaga kirish toʻsiqlari – shu kunga qadar birjada sotiladigan benzin faqat temiryoʻl tsisternalarida oʻlchangan. Bu ayrim mayda ishlab chiqaruvchilar uchun oʻz mahsulotlarini birjaga olib kirish imkonini cheklagan.
Nima qilish kerak?
Yuqorida qayd etilgan sabablarni hisobga olgan holda Monopoliyaga qarshi qoʻmitasi Oʻzbekistonda benzin narxlarini barqarorlashtirish maqsadida qoʻyidagi choralarni koʻrishga qaror qildi:
1.
Yetkazib berilayotgan mahsulot hajmini oshirish;
2.
Forvard shartnomalarining yetkazib berish muddatini 1oydan kam boʻlmagan davr bilan cheklanadi;
3.
Oʻrta va kichik korxonalar mahsulotlarini birjaga yetkazib berish uchun imkoniyat yaratiladi. Mahsulotni temir yoʻl tsisternalarida oʻlchash cheklanadi;
Ushbu choralar natijasida Oʻzbekiston ichki bozorida benzin narxi 10 kun ichida barqarorlashishi kerak, deb xulosa qilishdi Monopoliyaga qarshi kurash qoʻmitasida.
Karabayevning soʻzlariga koʻra, qayerda bozor mexanizmlari asosida tabiiy oʻsishga erishilgan boʻlsa, unga taʼsir koʻrsatib boʻlmaydi. Lekin sunʼiy ravishda yuzaga keltirilgan, kelishib qilingan, manipulyatsiya harakatlariga taʼsir koʻrsatish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0