Jamiyat

Immunitetni koʻtaradigan va yoʻtaldan xalos qiladigan mahsulotlar

© Pixinio / BicanskiChernaya redka
Chernaya redka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.11.2021
Biz jamlagan retseptlar boshlangʻich davrda kasallikdan xalos boʻlishga yordam beradi. Agar kasallik zoʻraygan boʻlsa, oʻzini oʻzi davolash yaramaydi. Zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.
Kuz kelishi bilan shamollash kasalliklari avj oladi va organizmni viruslardan himoya qilish zaruriyati tugʻiladi. Hozir kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi hisobga olgan holda immunitetni mustahkamlash oʻta muhim.
Shu bois organizmni yangi viruslarga qarshi toblash maqsadga muvofiq. Quyida organizmning viruslarga qarshi chidamliligini oshirishga, basharti kasallanib qolgan boʻlsangiz, yoʻtalda yordam beradigan ayrim Armaniston xalq tabobati retseptlarini keltiramiz.

Behi

Behi oʻzining shifobaxsh xususiyatlari bilan mashhur boʻlgan foydali meva. U qon aylanishiga yaxshi taʼsir koʻrsatadi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi va shamollashga qarshi xususiyatga ega. Behidan turli shirinliklar tayyorlash mumkin. Qolaversa, undan sharbat ham tayyorlash mumkin.
Aytgancha, aynan behi sharbatidan yoʻtalni davolash uchun foydalanish mumkin.
Shifobaxsh ichimlikni tayyorlash uchun bir kilocha behi mevasi ikki litr suv bilan toʻldiriladi va tayyor boʻlganiga qadar qaynatiladi. Taʼbga qarab shakar qoʻshiladi, ammo yaxshi samara berishi va foydasi ziyod boʻlishi uchun shakar oʻrniga asaldan foydalanish mumkin. Agar yoʻtaldan xalos boʻlishni istasangiz, tayyor boʻlgan ichimlikni choy singari issiqligida ichish tavsiya etiladi. Immunitet uchun ichimlikdan kokteyl sifatida lazzatlanish mumkin. Buning uchun uni sovuq holicha ichish mumkin. Stakanni limon boʻlagi bilan bezab, biroz laym suvi qoʻshilsa, ayni muddao.
Bundan tashqari, immunitet uchun behini pishirilgan koʻrinishdan isteʼmol qilish koni foydi. Uni tayyorlash uchun birinchi navbatda meva donaklaridan tozalaniladi. Keyin ichi biroz asal va olxoʻri qoqi va yongʻoq bilan toʻdiriladi. Pechkada 20 daqiqa pishiriladi. Ustiga dolchin va qand talqoni sepib, dasturxonga tortish mumkin.
© Sputnik / Aram NersesyanAyva
Ayva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.11.2021
Ayva

Yongʻiq daraxti gullari

Yongʻiq daraxti gullaridan tayyorlangan ichimlik bilan ham yoʻtalni davolash mumkin. Yaproqlar turli vitaminlarga bor, nafaqat immuniteni mustahkamlaydi, balki angina va yuqori va pastki nafas olish yoʻllarining shamollash jarayonlariga qarshi kurashishda ham yordam beradi. Yongʻoq gullari odatda erta bahorda yigʻib olinadi. Qishloqlarda uni keyin quritishadi. Yashil gul qora tusga kirsa, demak u tayyorlash uchun hozir. Odatda gullar qish uchun asrab qoʻyiladi, zarur boʻlgan vaqtda ulardan davolash uchun foydalanishadi.
Gullardan choy yoki damlama tayyorlash juda oson. Bir litr qaynayotgan suvga bir hovuch yongʻoq gullarni tashlanadi va besh daqiqacha qaynatiladi. Keyin olovdan olib, ustiga yopiladi va yarim soatcha tindirib qoʻyiladi. Iliq holicha shakarsiz ichgan yaxshiroq. Buning iloji boʻlmasa, bir choy qoshiq tabiiy asal qoʻshib, taʼmini shirinroq qilish mumkin.
Immunitetni mustahkamlash uchun yongʻoqni muntazam asal bilan yeyish foydadan xoli emas.

Qora turp

Yana bir yoʻtalga qarshi samarali vosita bu qora turp sanaladi. Aynan qora turpni olish kerak, zero bu nav oʻzida davolash uchun kerak boʻlgan narsalarga ega.
Armanistonlik tabiblar turpni poʻsti bilan qirgʻichdan oʻtkazishni tavsiya qilishadi. Keyin qorishmadan suvini siqib chiqarib, unga asal qoʻshish lozim. Kun davomida 3-4 marta bir qoshiqdan isteʼmol qilish kerak. Turp sharbati yoʻtalning turli yoqimsiz xurujidan xalos qiladi.

Sut

Yoʻtalga qarshi eng mashhur vosita biz sevgan sut boʻlib qolmoqda. Hatto oʻta ishonchsizlik bilan qaraydiganlarning bu mahsulot darhaqiqat samarali ekanini tan olishiga toʻgʻri keladi. Sut umuman olganda immun tizimini mustahkamlash uchun foydalidir. Yoʻtalning dastlabki davrida u balgʻamni suyultirishga yordam beradi, yoʻtalib tupurib tashlashga koʻmaklashdi va yengillashtiruvchi xususiyatga ega.
Sut saryogʻ, asal yoki maʼdanli suv bilan ichiladi. Anjir bilan sut qaynatmasi suyuq yoʻtal dorisi sanaladi. OʻRVIning oldini olish uchun sutni sarimsoq bilan ichish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala