Jamiyat

Jarimalar bazasi hujumga uchragani yoʻq - IIV

Radar - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.11.2021
YHXBBning jarimalar bazasi kiberhujumga uchragani yolgʻon boʻlib chiqdi. Barcha maʼlumotlar mavjud.
TOSHKENT, 16 noya - Sputnik. Oʻzbekiston YHXBBning jarimalar bazasi kiberhujumga uchragani yoʻq, barcha maʼlumotlar mavjud, deb xabar qilmoqda IIV YHXBB matbuot xizmati.
"Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB maʼlum qiladiki maʼlumotlar bazasiga xech qanday hujum boʻlmagan va barcha maʼlumotlar mavjud. Maʼmuriy amaliyot boʻlimi va markaziy kompyuterlashtirilgan boshqaruv va aloqa xizmatining bazalari integratsiya qilinayotganligi sababli ayrim nosozliklar yuzaga kelmoqda. Fuqarolardan ushbu holatni toʻgʻri tushunishlarini soʻraymiz", - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, bugun ertalab ijtimoiy tarmoqlarda "YHXB jarima maʼlumotlar bazasi kiberhujumga uchrab barcha maʼlumotlar oʻchib ketgan. Ishonmasangiz tekshirib koʻring", mavzusidagi xabarlar tarqalib ketgan edi.
Ushbu maʼlumot oʻz tasdigʻini topmadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala