Jamiyat

Oʻzbekiston MO davlatlari bilan internetni rivojlantirish masalasini muhokama qiladi

© Startup StockphotosPolzovatel za rabotoy
Polzovatel za rabotoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.11.2021
Oʻzbekiston MO davlatlari bilan internetni rivojlantirish va nazorat qilish masalasini muhokama qiladi.
TOSHKENT, 16 noya — Sputnik. Markaziy Osiyo davlatlari ekspertlari “Markaziy Osiyoda internet sohasini rivojlantirish "InternetCA-2021” forumida ishtirok etib, internetni tartibga solish masalalarini muhokama qiladi.
Onlayn va gibrid formatidagi muhokamalar 18-19 noyabr kunlari boʻlib oʻtadi.
Jamiyat
Internet va yoshlar: Oʻzbekistonda yangi nodavlat media markazi ochiladi
Ularda Avstriya, Belarus, Rossiya, Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Turkmanistondan mehmonlar ishtirok etadi.
Soha mutaxassislari onlayn-resurslarni bloklash va qonunchilikdagi oʻzgarishlarni ham muhokama qiladi.
Xalqaro tajriba doirasida ular davlatning internetni tartibga solish faoliyatini muhokama qiladilar, internet tarmogʻining milliy segmentlarini oʻz-oʻzini tartibga solish imkoniyatlari boʻyicha oʻz fikrlarini bildiradilar.
Forum mehmonlari, shuningdek, Qozogʻistonning bolalarni kiberbullingdan himoya qilish boʻyicha qonunchilik tashabbusini baholaydilar, shuningdek, Tarmoqni tartibga solish boʻyicha Markaziy Osiyo davlatlarining milliy amaliyotlari haqida gapiradilar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala