Jamiyat

Oʻzgidromet Qamchiq dovonidagi haydovchilarni ogohlantirdi

Pereval Kamchik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.11.2021
A-373 Toshkent—Oʻsh avtomobil yoʻlining Qamchiq davoni hududida kuchli qor yogʻadi.
TOSHKENT, 16 noya – Sputnik. Oʻzgidromet Qamchiq dovoni yoʻlida yaxvonlik va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkinligi sababli ogohlantirish bilan chiqdi.
Sinoptiklar maʼlumotlariga koʻra, 17 noyabr kuni A-373 Toshkent—Oʻsh avtomobil yoʻlining Qamchiq dovoni hududida qor yogʻadi.
Yogʻingarchilik vaqti-vaqti bilan kuchadi. Tuman tushib, koʻrinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 17–22 metr/sekunddan 25-27 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Yoʻllarda yaxvonlik va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.
Avvalroq bu hafta Oʻzbekiston havo keskin sovib ketishi va chang boʻroni boʻlishi kutilayotgani xabar qilingan edi. Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB) haydovchilardan yoʻllarda ehtiyot boʻlishni soʻragan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala