Hodisalar

Reydda aniqlangan ishratxona: shaxsiy yozishmalarda tarqalgan holat yuzasidan maʼlumot berildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMilitsiya
Militsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.11.2021
Toshkent viloyati IIBB shaxsiy yozishmalarda tarqalgan holat yuzasidan maʼlumot berdi.
TOSHKENT, 16 noya — Sputnik. Toshkent viloyatida “Xavfsiz hudud” va “Xavfsiz tun” tezkor-profilaktik tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda. Jumladan, tadbirda Boʻstonliq tumani “Xumson” mahallasida yashovchi fuqaro viloyat IIBBga ariza bilan murojaat qilib, “Sarvar” va “Bahrom” ismli shaxslar tuman “Chorbogʻ goʻzal bogʻi” jamiyati hududidagi dala hovlilarda ishratxona tashkil qilib, kunlik ijaraga berishini va u yerda shaxslarni jinsiy aloqa qilishlari uchun shart-sharoit yaratilgani, tuni bilan ayrim axloqi buzuq shaxslar aholi tinchligini buzayotgani va bu nafaqat kattalar balki yoshlarga ham salbiy taʼsir qilayotganini bayon qilib, ularga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Rыnok Malika v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.09.2021
Jamiyat
IIBB xodimlari “Malika” bozorida reyd oʻtkazishdi
Bu murojaatga asosan 2 oktyabr kuni IIBB tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv davomida, dala hovli koʻzdan kechirildi. Oʻsha vaqtda ham xonadonda 2 nafar ayol, 2 nafar erkak kishilar borligi, ulardan, fuqaro F.B. (ayol) va D.SH. (erkak) jinsiy aloqada boʻlayotganligi aniqlangan.
Ular bilan oʻtkazilgan suhbat davomida alkogol mahsulotlar isteʼmol qilishganligi va ishqiy munosabatda boʻlish maqsadida kelganliklarini maʼlum qilganlar.
Hozirda jarayon aks etgan video tasvirning ijtimoiy tarmoqlardagi oʻzaro yozishmalar orqali tarqalganligi holati yuzasidan qoʻshimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala