Iqtisod

Rossiya kompaniyasi Toshkent metrosini rivojlantirishga yordam beradi

© Press-slujba TransmashxoldingV Tashkent pri podderjke VEB.RF otpravlenы 20 novыx vagonov metro TMX
V Tashkent pri podderjke VEB.RF otpravlenы 20 novыx vagonov metro TMX - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.11.2021
Oʻzaro hamkorlik memorandumi infratuzilma, harakatlanuvchi tarkib va yoʻlovchi tashish sohalari qamrab olgan.
TOSHKENT, 16 noya - Sputnik. Toshkent metropoliteni va Rossiyaning "Transmashxolding" kompaniyasi oʻzar hamkorlik memorandumi imzolashdi.
"Transmashxolding" AJ hamda "Toshkent metropoliteni" davlat unitar korxonasi Toshkent shahrining metropolitenini rivojlantirish kontseptsiyasi bilan bogʻliq memorandum imzolashdi.
Shartnomaning imzolanishi Toshkent metropolitenini infratuzilmasini, harakatlanuvchi tarkibni yangilash. Jarayonlarni boshqarishda raqamli texnologiyalarni joriy etish, xavfsizlik jarayonlarini takomillashtirishni nazarda tutadi.
Undan tashqari mikroprotsessorli boshqaruv va dispetcherlik tizimini joriy etish yer usti yoʻlovchi transport tizimini metropolten bilan uygʻunlashtirish imkonini beradi. Shuningdek shahar yaqinidagi va shahar yoʻlovchi transport tizimlarini birlashtiriuvchi transport xablari yaratiladi.
Amal qilish muddati 2022 yildan 2032 yilgacha boʻlgan shartnomani "Toshkent metropoliteni" tomonidan Rahmaonbek Usmonov hamda TMX bosh direktori Kirill Lipa imzolashdi.
Aytish joizki "Trasmashxolding"ning Kompetentsiyalar markazi va "Toshkent metropoliteni" orasida hamkorlik 1977 yilda Oʻzbekiston poytaxtidagi yer osti transporti ishga tushgan vaqtidan boshlab oʻrnatilgan. TMX dunyodagi eng yirik metro poyezd va vagonlari ishlab chiqaruvchi korxonalardan biridir. Uning mahsuloti dunyoning 11 mamlakatida 19ta shahar metropolitenlarida xizmat koʻrsatmoqda.
Stantsiya s vremennыm nazvaniyem Ikinchi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.11.2021
Jamiyat
Toshkentda yana bir necha yangi metro bekatlari quriladi - Mirziyoyev
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala