Yaqin kunlarda benzin narxi barqarorlashi kutilmoqda

© Sputnik / Konstantin MixalchevskiyZapravka benzinom
Zapravka benzinom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2021
Obuna bo‘lish
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari benzin narxi oshishida manipulyatsiya holatlari aniqlanganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 16 noya – Sputnik. O‘zbekistonda ikki hafta ichida benzin narxi o‘zgarishi kutilmoqda. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, benzin narxlariga ta’sir qiluvchi omillar o‘rganilgan. Ko‘rsatmalar berilib, choralar ko‘rilyapti. Bu bo‘yicha idoralararo ishchi guruh ishlayapti.
Karabayevning so‘zlariga ko‘ra, qayerda bozor mexanizmlari asosida tabiiy o‘sishga erishilgan bo‘lsa, unga ta’sir ko‘rsatib bo‘lmaydi. Lekin sun’iy ravishda yuzaga keltirilgan, kelishib qilingan, manipulyatsiya harakatlariga ta’sir ko‘rsatish mumkin.
“Xususan, benzin narxi oshishida ham manipulyatsiya holatlari, arzon narxdagi benzinni sun’iy ravishda annulyatsiya qilish alomatlari aniqlandi. Bunga albatta kerakli choralar ko‘riladi. Benzin narxini barqarorlashtirish, tushirish bo‘yicha harakatlar davom etapti, bu vaqt talab qiladigan masala. Lekin yaqin kunlarda narxlarda o‘zgarish bo‘ladi”, - dedi MQKQ raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev.
Uning ta’kidlashicha, ayni paytda bozorni to‘yintirish, arzon narxlar asosida kichik xaridorlarga imkoniyat berish masalasiga e’tibor qaratilyapti.
“Shuning uchun ham lotlar kichik hajmda qilinmoqda, bundan maqsad — oddiy AYoQShlarning benzinni olishi va zaxirasini to‘ldirishiga imkoniyat yaratishdan iborat. Bu narxlar sun’iy ravishda ko‘tarilishining oldini olishga yordam beradi”, - deya xulosa qildi u.
Avvalroq O‘zbekistonda 2021-yil boshidan buyon Ai-80 benzini narxi o‘rtacha 63,2 foizga o‘sgani xabar qilingan edi. Uning bir tonnasi uchun narx 5,81 million so‘mdan 10 million so‘mgacha qimmatlashgan.
Skolko benzina zakupil Uzbekistan s nachala 2021 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2021
Benzin O‘zbekistonga asosan qayerdan olib kelinmoqda
Yangiliklar lentasi
0