Dunyoda

Ozarbayjon va Armaniston chegarasida yana notinchlik: voqealar tafsiloti

© Sputnik / Aram NersesyanArmyanskiye voyennoslujaщiye na odnoy iz pozitsiy bliz sela David Bek v Syunikskoy oblasti Armenii
Armyanskiye voyennoslujaщiye na odnoy iz pozitsiy bliz sela David Bek v Syunikskoy oblasti Armenii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.11.2021
Ikki mamlakat boʻlib oʻtgan voqealarda bir-birini aybladi. Hozir Rossiya vositachiligi yordamida vaziyatni izga solishga erishilgan.
TOSHKENT, 17 noya – Sputnik. Ozarbayjon va Armaniston chegarasida yana notinchlik. 16 noyabr kuni Ozarbayjonning Kelbajar va Lochin viloyatlarida, Armanistonning Syunik viloyatida otishmalar ovozi eshitildi.
Tomonlar sulh kelishuvini buzishda bir-birlarini ayblashdi.
Yerevan Ozarbayjon Qurolli kuchlarini mamlakat ichkarisiga kirganlikda aybladi. Yerevanni mamlakatning janubiy mintaqalari va Eron bilan bogʻlaydigan davlat trassasi xavf ostida qolgan.
Boku esa oʻz navbatida Armaniston Qurolli kuchlarini provokatsiyada aybladi va boʻlib oʻtgan voqealar uchun javobgarlikni Armanistonga yukladi. Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, arman harbiylari Ozarbayjon harbiylari postiga hujum qilishgan.
Ozarbayjon tomoni toʻqnashuvlarda oʻzining yetti harbiysi boʻlgani va oʻn nafari yaralanganini tasdiqladi.
Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjon bilan janglarda bir nafar arman harbiysi halok boʻlgani, 13 nafari asirga olingani, 24 nafari bilan aloqa uzilib qolganini maʼlum qildi.
Bu voqealar ortidan Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu navbat bilan armanistonlik va ozarbayjonlik hamkasblari bilan telefon orqali muloqot qildi. Natijada Ozarbayjon va Armaniston mudofaa vazirlari chegaradagi vaziyat barqarorlashiga oid chora koʻrishdi va vaziyat barqarorlashdi.
17 noyabr soat 10:00 holatiga koʻra, Armaniston va Ozarbayjonning sharqiy yoʻnalishda oʻt ochishni bas qilish toʻgʻrisidagi kelishuviga rioya qilinmoqda, vaziyat barqarorligicha qolmoqda, deya xabar qildi Armaniston Mudofaa vazirligi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala