Video

Oʻzbek xalqi - respublikadagi barcha millatlardir: bagʻrikenglik haftaligi boshlandi - video

Oʻzbekistonda bagʻrikenglik haftaligi boshlandi. Kecha Toshkent shahridagi “Xalqlar doʻstligi” maydonidagi Shomahmudovlar oilasi haykaliga gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.
TOSHKENT, 17 noya - Sputnik. Toshkent shahridagi "Xalqlar Doʻstligi" maydonida 16 noyabr kuni "Umumjahon bagʻrikenglik kuni" munosabati bilan Shomahmudovlar oilasi haykaliga gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.
Marosimda Oʻzbekiston hududida yashayotgan barcha millat vakillari ishtirok etishdi. Ular oʻzlarining yorqin va rang-barang milliy liboslarida bayramga alohida oʻziga xos muhit yaratishdi.
"Bugun biz bagʻrikenglik haftaligida ishtirok etmoqdamiz va bu yerga turkman xalqining milliy liboslarida keldik. Xalqlar doʻstligi uchun oʻz kuchimiz bilan hamma narsani qilamiz", deb tan oladi Turkman madaniyat boshqarmasi raisi oʻrinbosari Mamet-Nazar Nazarov.
Tadbirda, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasi, Turizm va sport vazirligi vakillari, faollar va boshqalar ishtirok etdi.
"Doʻstlik insonlarni bir-biriga bogʻlaydigan buyuk fazilatdir. Er va xotin (Shomaxmudovlar) millati va eʼtiqodi turlicha boʻlishiga qaramay, barchaga bolalarga bir xil saxiylik bilan qarashganki, ularni oʻz mehr-muhabbatlari bilan chulgʻab olishgan. Aslida millatlar va odamlar oʻrtasida chegara yoʻq", - dedi mitropolit Vikentiy.
Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi matbuot kotibi Gʻayratullo Shukurov Shoahmet Shomaxmudov siymosining ahamiyati mavzusini davom ettirar ekan, afsonaviy temirchi nafaqat xalqlar doʻstligi timsoli, balkim oʻzbek xalqi xarakterini ham aks ettirishini taʼkidladi.
"Butun oʻzbek xalqi, “oʻzbek xalqi” deganda, bu yerda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarni nazarda tutyapman, – dedi Shukurov faxr bilan. 16-21 noyabr kunlari butun mamlakat boʻylab bagʻrikenglik haftaligi boʻlib oʻtadi. U “Oʻzbekiston – bagʻrikeng diyor” shiori boʻlgan turli madaniy-maʼrifiy tadbirlardan iborat boʻladi.
"Xalqlar doʻstligi" haykali poyiga gul qoʻyish marosimini Sputnik videolavhasida tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala