O‘zbekistonning qator hududlarida zilzila sodir bo‘ldi

© Depositphotos.com / Vchalup2Detektor lji ili seysmograf dlya obnarujeniya zemletraseniy
Detektor lji ili seysmograf dlya obnarujeniya zemletraseniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2021
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonda kuzatilgan zilzila O‘zbekiston hudularida ham sezildi.
TOShKENT, 17 noya – Sputnik. Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning bir qator hududlarida ham sezildi.Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar bermoqda.
17 noyabr kuni soat 16:17 da kuzatilgan zilzila episentridagi magnituda 4,6 ni, chuqurligi esa 10 kmni tashkil etgan. Zilzila episentri Toshkentdan 320 km janubiy-sharqda joylashgan.
Zilzila episentridan masofa va O‘zbekiston hududida yer silkinishi kuchi:
Xonobod tumanida (32 km) — 3−4 ball;
Qo‘rg‘ontepa tumanida (40 km) — 3 ball;.
Jalaquduq tumanida (53 km) — 3 ball;
Paxtaobod tumanida (54 km) — 3 ball;
Andijon tumanida (58 km) — 2−3 ball;
Xo‘jaobod tumanida (64 km) — 2−3 ball;
Andijon shahrida (67 km) — 2−3 ball;
Izboskan tumanida (68 km) — 2−3 ball;
Buloqboshi tumanida (72 km) — 2−3 ball;
Uchqo‘rg‘on tumanida (77 km) — 2 ball;
Oltinko‘l tumanida (80 km) — 2 ball;
Asaka tumanida (83 km) — 2 ball;
Norin tumanida (88 km) — 2 ball;
Marhamat tumanida (89 km) — 2 ball.
Yangiliklar lentasi
0