“Zamdekan” mojarosi ortidan TDPU rektori o‘zgardi

CC BY 2.0 / Adam Jones / Facade of Tashkent State Pedagogical University - Tashkent - UzbekistanTashkentskiy gosudarstvenniy pedagogicheskiy universitet
Tashkentskiy gosudarstvenniy pedagogicheskiy universitet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2021
Obuna bo‘lish
Hukumat qarori oliygohning sobiq rektori Alisher Umarov lavozimidan ozod etildi.
TOShKENT, 17 noya – Sputnik. Abdug‘affor Qirg‘izboyev Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (TDPU) rektori etib tayinlandi. Bu haqda Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.
© Press-slujba Zakonodatelnoy palati UzbekistanaAbdugappor Kirgizbayev
Abdugappor Kirgizbayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2021
Abdugappor Kirgizbayev
Abdug‘affor Qirg‘izboyev Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan (1985 yil). Mutaxassisligi - tarix va jamiyat o‘qituvchisi. Tarix fanlari doktori, dotsent.
Qirg‘izboyev ilgari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi sifatida mehnat qilgan. U 2019-yil noyabridan buyon Davlat tilni rivojlantirish departamenti mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Shuningdek, ushbu qaror bilan TDPUning sobiq rektori Alisher Umarov lavozimidan ozod etilgan.
Eslatib o‘tamiz, oktabr oyi oxirida ijtimoiy tarmoqda shu oliygoh dekan o‘rinbosari o‘z xonasida talaba qizlardan biriga tegajog‘lik qilgani aytilgan xabar tarqalgan edi. Keyin Oliy ta’lim vazirligi universitet rahbariyati va mas’ullariga nisbatan qat’iy tashkiliy va intizomiy choralar ko‘rilishini ma’lum qilingandi.
Yangiliklar lentasi
0