Jamiyat

Amir Temurdan - SSSRgacha: Oʻzbekiston bayrogʻining geraldik ajdodlari

© Komitet po delam religiyGosudarstvennыy flag Uzbekistana
Gosudarstvennыy flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.11.2021
Bundan 30 yil avval ushbu Oʻzbekiston bayrogʻi rasman qabul qilingan edi, lekin uning tarixiy ildizlari oʻrta asrlarga borib taqaladi. Batafsil maqolamizda tanishing.
TOSHKENT, 18 noya - Sputnik. Bugun 18 noyabr - Oʻzbekistonda Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun. Har qanday mustaqil davlatning asosiy ramzlari gerb, madhiya va bayroqdir. Amaldagi bayroq oʻzbek xalqining butun madaniy chuqurligini oʻzida aks ettiruvchi bir necha davr va avlod anʼanalarini oʻzida mujassam etgan.
Xususan, bayroqdagi Moviy koʻk rang - musaffo osmon va suv, yaʼni hayot ramzi. Oq rang - tinchlik, poklik va xayollar tozaligini anglatadi. Yashil rang – tabiat yangilanishi, yoshlik va umid ramzi. Qizil - tirik hayot ramzini anglatadi.
Yarim oy va yulduzlar - yangi tugʻilgan yarim oy mustaqillik ramzi. 12 yulduz qadimiy solnoma va Oʻzbekiston hududida mavjud boʻlgan 12 davlatni anglatadi
Aytish joizki, bugungi Oʻzbekistonning qadimiy ajdodi Amir Temur bayrogʻi ham moviy rangda boʻlgan.

Amir Temur bayrogʻi

Hozirgi Oʻzbekiston hududida joylashgan davlatlarning tarixda maʼlum boʻlgan bayrogʻi - bu 14-asr oxiridan 16-asr boshlarigacha mavjud boʻlgan Temuriylar imperiyasi bayrogʻidir.
Uning asoschisi Amir Temur ispan elchisi Rui de Klavixoning guvohligiga koʻra, oʻzining shaxsiy muhrida uchburchak shaklida joylashgan uchta doira tasviridan foydalangan. Ular tangalarda ham zarb qilingan. Vaqt oʻtishi bilan bu ramz imperiya bayrogʻiga oʻtdi.
Biroq uning qanday fonda joylashgani toʻliq aniq emas – masalan, “Temur tamgʻasi” goh moviy koʻk, goh toʻq koʻk yoki qora fonda tasvirlangan. Tarixchilar ham bu timsol nimani anglatishi haqidagi savolga haligacha aniq javob bera olmaydilar.
Eng keng tarqalgan naqlga koʻra, doiralar oʻsha paytda maʼlum boʻlgan dunyoning uch qismini (Osiyo, Evropa va Afrika) anglatadi va bayroq egasi uch qitʼa xoʻjayini ekanligi tushunildi.
© SputnikOdin iz veroyatnыx variantov vneshnego vida flaga imperii Timuridov
Odin iz veroyatnыx variantov vneshnego vida flaga imperii Timuridov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.11.2021
Odin iz veroyatnыx variantov vneshnego vida flaga imperii Timuridov
Boshqa olimlar uchun - yer, suv va osmonni ifodalaydi. Shunga oʻxshash belgilar Xitoy va Yaponiya madaniyatlarida ham mavjud.
Nima boʻlganda ham, oradan koʻp asrlar oʻtib, 1890 yilda tasdiqlangan Samarqand viloyati gerbida uchta doira paydo boʻldi.
XX asrda esa ular umumjahon mavqeiga ega boʻldi. 1935 yilda qabul qilingan Rerix pakti– Tinchlik bayrogʻining asosiy ramziga aylandi. Ushbu umuminsoniy xalqro hujjat – butun insoniyat tomonidan oʻtgan, hozirgi va kelajak zamonlarda yaratiladigan madaniy meʼrosni himoya qilishga qaratilgan.

Ikki xonlik va bir amirlik

XVI asrda Markaziy Osiyo hududida ikki yangi davlat paydo boʻldi— Buxoro xonligi (1756 yildan — amirlik), Xiva va Qoʻqon xonliklari paydo boʻldi.
Ularning hukmdorlari oʻz bayroqlarini oʻrnatishni unutmadilar. Oʻsha vaqtda Islom dini davlat asosi boʻlganligi sababli ularda islom anʼanalariga xos boʻlgan ramzlar tasvirlangan edi.
Xullas, 1868 yilda qabul qilingan Buxoro bayrogʻida oltin yarim oy va yulduzni, shuningdek, arab tilida shahodat va Fotimaning qoʻlini (hamsu) balodan himoyalanish belgisini qoʻllaganlar. Bayroq rangi yashil edi.
© SputnikPrimernыy vneshniy vid flaga Buxarskogo emirata, utverjdennыy v 1868 godu
Primernыy vneshniy vid flaga Buxarskogo emirata, utverjdennыy v 1868 godu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.11.2021
Primernыy vneshniy vid flaga Buxarskogo emirata, utverjdennыy v 1868 godu
Qoʻqon va Xiva bayroqlari oddiyroq: ularda yashil, oq yoki qora fonda yulduzli yarim oygina tasvirlangan. 19-asrning 2-yarmida Buxoro va Xiva Rossiyaning protektoratiga aylandi, Qoʻqonning barcha yerlari bevosita chor maʼmuriyati tasarrufiga oʻtdi. Shunga qaramay, Buxoro amirligi va Xiva xonligining davlat bayroqlari 1920 yilgacha, yaʼni Oʻrta Osiyoda sovet hokimiyati oʻrnatilgunga qadar saqlanib qolgan.

Islomiy yarim oy yonida oʻroq va bolgʻa

Oktyabr inqilobidan keyin viloyatning maʼmuriy-hududiy boʻlinishi sezilarli darajada oʻzgardi. Turkiston general-gubernatorligi oʻrnida poytaxti Toshkent boʻlgan Turkiston Muxtor SSR tuzildi. Buxoro amirligi va Xiva xonligi esa Buxoro va Xorazm Xalq Sovet respublikalariga aylandi.
Turkiston muxtoriyati RSFSR tarkibida boʻlgan va oʻz bayrogʻiga ega boʻlmagan, biroq amalda arab alifbosi va rus tilida yuqori chap burchakda TASSR qisqartmasi bilan qizil matoning turli xil variantlari ishlatilgan.
Buxoro va Xorazm XSRda oʻziga xos geraldik belgilar mavjud boʻlib, ular umumiy xususiyatga ega edi. 1920 yillarning boshlarida mintaqada bolsheviklarga qarshi kayfiyat kuchli edi, shuning uchun yangi hukumat milliy-diniy ramzlarni keskin oʻzgartirishni istamay ularni bayroqlarda qoldirib, murosa qilishga qaror qildi. Natijada aralash belgilar paydo boʻldi: islomiy yarim oy va besh qirrali yulduz, lekin yashil rangda emas, balki inqilobiy qizil fonda bayroq paydo boʻldi. Bundan tashqari, ularda mehnat qurollari ham tasvirlangan edi. Hattoki 1923-24 yillarda SSSR tarkibiga kirgandan keyin ham har ikki respublikaning bayroqlari biroz oʻzgargan xolos.
© Wikipedia / Aivazovsky~commonswikiFlag Xorezmskoy Narodnoy Sovetskoy respubliki v 1920-1923 godax
Flag Xorezmskoy Narodnoy Sovetskoy respubliki v 1920-1923 godax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.11.2021
Flag Xorezmskoy Narodnoy Sovetskoy respubliki v 1920-1923 godax

Milliy xususiyatga ega boʻlgan sovet Oʻzbekistoni

Ittifoqda 1924 yilda etnik belgilar boʻyicha amalga oshirilgan yangi maʼmuriy-hududiy demarkatsiya jarayonida Oʻzbekiston SSR tuzildi. Yangi davlatga yangi bayroq kerak edi va u bir yildan keyin tasdiqlandi.
Ktrby islomiy oʻtmish uchun unda joy yoʻq edi: 1925 yildan 1952 yilgacha davlat ramzi olti marta oʻzgartirildi, ammo variantlarning hech birida yarim oy, yulduz yoki boshqa diniy ramzlar tasviri paydo boʻlmadi. Bayroqning oʻzi juda oddiy edi: yuqori chap burchakda oʻzbek (avval lotin, keyin kirill alifbosi), tojik (1926 yilgi versiyada) va rus tillarida respublika nomining qisqartmasi tushirilgan qizil mato edi xolos.
© Sputnik / Galina Kmit / Fotobankka oʻtishFlag Uzbekskoy SSR na ploщad Drujbы narodov v dni provedeniya desyatogo Mejdunarodnogo kinofestivalya stran Azii, Afriki i Latinskoy Ameriki.
Flag Uzbekskoy SSR na ploщad Drujbы narodov v dni provedeniya desyatogo Mejdunarodnogo kinofestivalya stran Azii, Afriki i Latinskoy Ameriki. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.11.2021
Flag Uzbekskoy SSR na ploщad Drujbы narodov v dni provedeniya desyatogo Mejdunarodnogo kinofestivalya stran Azii, Afriki i Latinskoy Ameriki.
1952 yilda qizil bayroq boʻylab oq hoshiyali koʻk chiziq, qutb tepasida besh qirrali yulduz ostida oʻroq va bolgʻa oʻrnatilganda jiddiy oʻzgarishlar yuz berdi. Rasmning rasmiy talqini yoʻq edi. Baʼzan uni koʻk chiziq osmonni bildiradi yoki bu Amudaryo va Sirdaryo boʻlib, ularning qirgʻoqlarida gullayotgan paxta dalalari tasvirlangan deyishardi.

Oʻtmishni unutmasdan

Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi 1991 yil 31 avgustda navbatdan tashqari sessiyasida mamlakat – Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini eʼlon qildi. Bir necha oy oʻtgach, yosh davlat oʻzining asosiy atributlari - bayroq, gerb va madhiyaga ega boʻldi. Asosiy bayroqning koʻrinishini tanlash uchun Oliy Kengashning maxsus komissiyasi chaqirilib, unda Oʻzbekistonning yangi bayrogʻining 200 dan ortiq varianti koʻrib chiqildi.
Finalga chiqqan uchta ishtirokchidan yakuniy variant 18 noyabr kuni tanlab olindi. Zamonaviy Oʻzbekiston bayrogʻi milliy anʼanalar va koʻp asrlik tarixni oʻzida mujassam etgan: unda Amir Temur bayrogʻida boʻlgan koʻk rang, islom madaniyatiga xos boʻlgan yashil va yarim oy oʻzining munosib oʻrniga qaytdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala