Bojxona qo‘mitasiga yangi rahbar tayinlandi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMujchina derjit papku v ruke
Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2021
Obuna bo‘lish
Akmalxo‘ja Mavlonov Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga Akmalxo‘ja Mavlonov nomzodini ko‘rib chiqdilar va ma’qulladilar.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmonlari bilan Akmalxuja Yusupovich Mavlonov Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Unga "Bojxona xizmati general-mayori" maxsus unvoni berildi.
© Generalnaya prokuratura UzbekistanaMavlonov Akmalxodja
Mavlonov Akmalxodja - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2021
Mavlonov Akmalxodja
Akmalxo‘ja Mavlonov 1975-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002-yilda Davlatobod tuman prokuraturasida boshlab, Namangan viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2006-yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori lavozimlarida ishlagan.
Murodjon Azimov - Predsedatel GTK  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2021
Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
2017 yil martigacha Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar prokurori, 2017-yilda Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, 2017-2018 yillarda Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2018 yil fevral oyida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan. O‘sha yili avgust oyida bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlangan.
Yangiliklar lentasi
0