Jamiyat

Gaz “zapravka”larda vaqtinchalik cheklov joriy etiladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishPunkt pereoborudovaniya avtotransporta na gazomotornoye toplivo
Punkt pereoborudovaniya avtotransporta na gazomotornoye toplivo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.11.2021
Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida cheklovlar joriy qilinadi.
TOSHKENT, 17 noya — Sputnik. Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida (AGTKSH) cheklovlar joriy qilinadi, deb xabar qildi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Lampochka, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.11.2021
Iqtisod
Oʻzbekistonda 2022 yilda svet va gaz narxi oshishi kutilmoqda
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-son qarorining “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari”, 7–bob 58-bandi hamda ulgurji va Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stantsiyalariga tabiiy gaz yetkazib berish toʻgʻrisida rasmiylashtirilgan ikki tomonlama shartnoma shartlaridan kelib chiqib, viloyat hokimliklari tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida cheklovlar joriy qilinadi.
“Bundan maqsad – birinchi navbatda tabiiy gaz yetkazib berilishi muhim hisoblangan aholi, shifoxona, maktab hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti kabi ahamiyatga ega muassasalar, shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yirik stantsiyalarning tabiiy gaz taʼminotida barqarorligini taʼminlashdan iborat.
Vazirlik bayonotiga koʻra, vaqtinchalik cheklov choralari havo harorati biroz koʻtarilgunga qadar davom etadi hamda AGTKSH tez orada avvalgi tartibda ishlash rejimiga oʻtadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala