Iqtisod

Oʻzbekiston va Rossiya bir necha milliard dollarlik bitim imzoladi

© press-slujba MIVT UzbekistanaII forum mejregionalnogo sotrudnichestva mejdu Uzbekistanom i Rossiyey
II forum mejregionalnogo sotrudnichestva mejdu Uzbekistanom i Rossiyey - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.11.2021
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi ikkinchi mintaqalararo hamkorlik forumi yakunida 600 ta ikki tomonlama bitim imzolandi.
TOSHKENT, 18 noya – Sputnik. Moskvada Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi ikkinchi mintaqalararo hamkorlik forumi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi maʼlumotlariga koʻra, forum doirasida oʻtkazilgan uchrashuv va muzokaralar yakunida umumiy qiymati 9 mlrd dollarga teng 600 ta ikki tomonlama bitim imzolangan. Jumladan, 7,4 mlrd dollarlik 141 ta investitsiyaviy loyiha va 1,6 mlrd dollarlik 455 ta eksport shartnomasi imzolandi.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiya Sanoat va savdo vazirligi oʻrtasida tashkil etilgan qoʻshma Loyiha ofisi investitsiyaviy loyihalarning amalga oshirilishini toʻliq kuzatib boradi va qoʻllab-quvvatlaydi.
Shuningdek, ikki mamlakat hududlari maʼmuriyatlari istiqbolli tarmoqlarda 75 ta yangi investitsiya loyihasi ustida ish boshlashadi.
© SputnikRossiyaning qaysi hududlari Oʻzbekiston bilan faol hamkorlik qilmoqda
Rossiyaning qaysi hududlari Oʻzbekiston bilan faol hamkorlik qilmoqda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.11.2021
Rossiyaning qaysi hududlari Oʻzbekiston bilan faol hamkorlik qilmoqda
Tadbir davomida metallurgiya, energetika, kimyo, elektrotexnika, charm-poyabzal, toʻqimachilik va farmatsevtika sanoati, suv xoʻjaligi, neft-gaz tarmogʻi hamda bank-moliya sohasi kabi hamkorlik yoʻnalishlarida bir qator kelishuvlarga erishildi.
Shavkat Mirziyoyev provel soveщaniye po razvitiyu turizma na Aydarkule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.11.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston rossiyalik investorlar uchun barcha zaruriy sharoitlarni yaratib beradi – Mirziyoyev
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala