Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Putin Afgʻonistondan Rossiya fuqarolarini evakuatsiya qilishni topshirdi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishGruzovoy samolet Il-76MD vo vremya evakuatsii grajdan RF iz Afganistana.
Gruzovoy samolet Il-76MD vo vremya evakuatsii grajdan RF iz Afganistana. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.11.2021
Afgʻonistonga insonparvarlik yordami olib kelgan Rossiya harbiy-transport samolyotlari orqaga qaytishda 380 kishini olib ketadi.
TOSHKENT, 18 noya — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi Vladimir Putin topshirigʻiga asosan Afgʻonistondan 380 kishini evakuatsiya qiladi. RIA Novosti xabariga asosan.

"Ayni damda uchta Il-76 harbiy transport samolyotlari Qobul aeroportiga 108 tonna insonparvarlik yordami olib kelgan. Evakuatsiya qilish kutilayotgan fuqarolar samolyotga chiqarilmoqda", - deyilgan xabarda.

Ushbu harbiy-transport samolyotlar Rossiya fuqarolaridan tashqari Belarus, Qirgʻiziston, Armaniston va Afgʻoniston fuqarolarini evakuatsiya qilishi kutilmoqda. Har bir samolyotda harbiy shifokorlar brigadalari va kerakli tibbiy buyumlar bor, deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, avgust oyida ham Rossiya Afgʻonistondan 400nafarga yaqin Belarus, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilgan edi.
Tolibon* harakai Afgʻoniston hukumati boshiga 2021 yilning avgust oyida kelgan edi. Shundan soʻng koʻplab xorijiy davlatlar oʻz fuqarolarini ushbu mamlakatdan evakuatsiya qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala