Siyosat

Shavkat Mirziyoyev YUNESKO bosh direktori Odri Azulega tabrik yoʻlladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana vstretilsya s Generalnыm direktorom YUNESKO Odri Azule
Prezident Uzbekistana vstretilsya s Generalnыm direktorom YUNESKO Odri Azule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.11.2021
Shavkat Miziyoyev Odri Azulega Oʻzbekiston va YUNESKO orasidagi sermahsul hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
TOSHKENT, 18 noya - Sputnik. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev YUNESKO Bosh direktori Odri Azuleni tashkilot bosh direktori lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yoʻlladi.
"Ochiq va sermahsul uchrashuvlarimiz sherikligimizning salohiyatini roʻyobga chiqarish va keng qamrovli mamlakat dasturini amalga oshirishga kirishishga imkon bergani haqidagi fikringizga toʻliq qoʻshilaman. Sizning koʻmagingiz bilan "Xiva jarayoni" - Tashkilot faoliyatining butun kun tartibi boʻyicha Markaziy Osiyoda xalqaro hamkorlikning yangi platformasi ishga tushirildi. Ushbu tashabbus mintaqamizda YUNESKO bilan amaliy hamkorlikning kengayishi va muhim vazifalarning ilgari surilishiga xizmat qilishi shubhasiz", - deyiladi maktubda.
Maktub yakunida Oʻzbekiston prezidenti Odri Azulega minnatdorlik bildirib, unga mustahkam sogʻlik va olijanob faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala