Supervulqon - Yerdagi hayot uchun asosiy tabiiy tahdid

© Pexels / PixabaySilueti mujchin na fone zakata
Silueti mujchin na fone zakata - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2021
Obuna bo‘lish
Berlingske: supervulqon - Yerdagi hayot uchun asosiy tabiiy tahdid.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Daniyaning Berlingske nashri ilmiy jurnalisti Lars Henrik Ogor “Yerdagi hayot uchun asosiy tabiiy tahdid – bu supervulqon” deb aytdi. RIA Novosti.
Zeleniy luk v masle na skovorode - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2022
Bu qiziq
Olimlar palma yog‘ining xavfli xususiyatini aniqlashdi
Tegishli ma’lumotlar Ogorning yaqinda nashr etilgan "Halokatlarning katta yovuz kitobi" asarida keltirilgan.
Mutaxassis bundan 75 ming yil avval Sumatra orolida sodir bo‘lgan vulqon otilishini eslatib o‘tdi. "Ulkan maydonlar 400 metr chuqurlikdagi lava, kuyik va kul qatlami bilan qoplandi. Vulqondan bir necha yuz kilometr radiusdagi barcha o‘simlik va hayvonlar bu qatlam ostida abadiy qoldi", - deb yozadi Ogor.
Vulqon shu qadar katta massali kul va gazlarni otilib chiqidiki, ulardan hosil bo‘lgan bulutlar Osiyoning ko‘p qismini quyosh nurlaridan to‘sdi, natijada Yerning bu qismiga qorong‘ulik tushdi.
Tabiiy ofat vulqon qishiga olib keldi, global harorat bir necha yil davomida o‘rtacha 10 darajaga pasayib ketdi.
“Bularning barchasi ajdodlarimizga qanday ta’sir qilganini faqat taxmin qilish mumkin”, — deb yozadi ekspert va otilishdan bir necha yil o‘tib, issiqlik dunyoga qaytganida, Yerda bor-yo‘g‘i bir necha ming odam qolganini ta’kidlaydi.
Insoniyat yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turga aylandi, deb xulosa qildi daniyalik mutaxassis.
Yangiliklar lentasi
0