Sobiq Toshkent viloyati hokimining yangi lavozimi ma’lum bo‘ldi

© Press-slujba xokimiyata Tashkentskoy oblastiDavron Xidoyatov
Davron Xidoyatov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2021
Obuna bo‘lish
Davron Hidoyatov joriy yanvar oyidan boshlab Toshkent viloyati hokimi sifatida ishlayotgan edi.
TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Toshkent viloyati hokimligi majlislar zalida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov prezident farmoni bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirdi.
Unga ko‘ra, Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov lavozimidan ozod etildi.
Ayni paytga qadar Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Prezident matbuot kotibining ma’lum qilishicha, Davron Hidoyatov Chirchiq shahri hokimi lavozimini egallaydi.
Davron Hidoyatov joriy yanvar oyidan boshlab Toshkent viloyati hokimi sifatida ishlayotgan edi.
Davron Hidoyatov (1976 yilda tug‘ilgan) — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (1998 yil) va O‘zbekiston bank-moliya akademiyasi (2001) bitiruvchisi. 1996−2004 yillarda O‘zbekiston Markaziy banki tizimida, 2004−2005 yillarda "Osiyo-Invest Bank" (Moskva) boshqaruvi raisi lavozimida, 2005−2009 yillarda O‘zbekiston Markaziy banki tizimida ishlagan.
2009 yildan 2012-yilgacha “GM Uzbekistan” kompaniyasining moliya bo‘yicha ijrochi direktori, 2012-yildan 2014-yilgacha MAN Auto-Uzbekistan QK bosh direktori lavozimlarida xizmat qilgan.
2014−2017 yillarda O‘zbekiston Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni kuchaytirish davlat qo‘mitasi raisi, 2017−2018 yillarda Chilonzor tumani hokimi, 2018−2021 yillarda Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Yangiliklar lentasi
0