Jamiyat

Toshkentda Markaziy Osiyoda eng yirik vaktsina omborxonasi ochildi

© Press-slujba Ministerstva zdravooxraneniya UzbekistanaV Tashkente otkrыlsya samыy krupnыy v Tsentralnoy Azii sklad vaktsin
V Tashkente otkrыlsya samыy krupnыy v Tsentralnoy Azii sklad vaktsin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.11.2021
Toshkentda sovutiladigan maydoni 1000 km2 boʻlgan vaktsina omborxonasi ochildi. Ushbu omborxona Oʻzbekistonda emlash uchun logistika markaziga aylanadi.
TOSHKENT, 20 noya - Sputnik. Toshkentda Markaziy Osiyoda eng yirik vaktsina omborxonasi ishga tushirildi, deb xabar qilmoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi.
Vaktsina omborida umumiy maydoni deyarli 1000 m2 dan iborat uchta sovuqlik kameralari bor. U yerda harorat 2-8 darajali xonalar, hajmi 3000litr boʻlgan ultrasovuq va hajmi 40m3 boʻlgane muzlatgich xonalar bor, - deyilgan xabarda.
Undan tashqari inshootda immunizatsiya buyumlari saqlanadigan 1000m2 maydonli quruq omborxona ham bor.
Ushbu ombor Oʻzbekistonda milliy emlash dasturi uchun logistika markaziga aylanib, vaktsinalarni yetkazib berish va ularni boshqarish boʻyicha imkoniyatlarni yanada kengaytirishi hamda yurtimizda ishonchli emlash tizimini yaratishga xizmat qiladi, - deyilgan xabarda.
Omborxonada yuklarni tez va samarali boshqarish uchun elektr yuk koʻtargichlar, dok naveslari, tekislash platformalari va koʻtarish mexanizmlari mavjud. Ular ikkita elektr tarmogʻiga ulangan boʻlib, uzluksiz elektr taʼminoti uchun kuchli zahira dizel generatoriga ega.
Inshootning ochilish marosimida YUNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha mintaqaviy direktori Afshan Xan, JSSTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lian Kuppens, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutasaddilari hamda boshqa masʼullar ishtirok etdi.

Aytish joizki, YUNISEF 2017 yildan buyon Oʻzbekistonga jami 21 ta vaktsina ombori qurilishida amaliy yordam berib kelmoqda. Xususan, sovutgichli yuk mashinalar, vaktsinalar uchun konteynerlar va sovuqlik kameralarini yetkazib bergan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala