Jamiyat

Yana 7,5 million vaktsina shifokorlarga topshirildi - SSV

© MInzdrav UzbekistanaXraneniye vaktsin
Xraneniye vaktsin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.11.2021
Bugun shifokorlarga foydalanish uchun yana 7,5 mln. doza vaktsina topshirildi. Ular orasida ZF-UZ-VAC 2001, Sputnik-V va AstraZeneca vaktsinalari bor.
TOSHKENT, 20 – noya Sputnik. Oʻzbekistonda foydalanilayotgan jami vaktsinalar soni 42 805 mingdan oshdi, deb xabar qilmoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi.
Xususan, bugun shifokorlarga foydalanish uchun qoʻshimcha ravishda yana 7 566 020 doza vaktsina topshirilgan. Ulardan:
6 498 020 dozasi ZF-UZ-VAC 2001;
408 000 dozasi Sputnik-V;
660 000 dozasi AstraZeneca vaktsinalaridir.
Oʻzbekistonda emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami 42 805 618 vaktsinalar tarkibi qoʻyidagicha:
2 254 480 dozasi AstraZeneca;
32 431 838 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
1 128 500 dozasi Sputnik-V;
3 000 060 dozasi Moderna;
2 014 740 dozasi Pfizer/BioNTech;
1 976 000 dozasi Sinovac.
Ulardan 31 192 046 dozasi emlash jarayonida allaqachon qoʻllanilgan. Ulardan 1-bosqich emlanganlar - 16,3 mln, 2-bosqich emlanganlar 9,8 mln va 3-bosqich emlanganlar 5 mln. kishini tashkil qildi. Shuningdek, 12 yoshdan yuqori boʻlgan 341 ming nafar bolalar ham Pfizer/BioNTech vaktsinasi bilan emlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala