Jamiyat

Koronavirusga qarshi qayta emlanish tartibi haqida maʼlumot berildi

© Pixabay / ds_30 Shprits, illyustrativnoye foto
Shprits, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.11.2021
Buster doza bilan qachon emlanish kerak, u avval olingan vaktsina bilan bir xil boʻlishi kerakmi?
TOSHKENT, 22 noya – Sputnik. Oʻzbekistonda 17 noyabrdan boshlab toʻliq emlangan fuqarolar (2 yoki 3 marotaba emlanganlar) buster doza bilan ixtiyoriy emlanadi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi qayta emlanish tartibi haqida batafsil maʼlumot berdi.

Buster doza nima?

Buster doza — toʻliq emlangan fuqarolarning kasallikka qarshi immunitetini mustahkamlash maqsadida yana qaytadan oladigan vaktsina dozalaridir.

U bilan emlash qanday amalga oshiriladi?

Buster doza bilan toʻliq vaktsina kursini olganiga 6 oy va undan ortiq vaqt oʻtgan aholi vakillari emlanishi mumkin.

Buster doza turi avval olingan vaktsina bilan bir xil boʻlishi kerakmi?

Emlash punktida buster dozani vaktsinaning har qanday turidan foydalangan holda olish mumkin.

Uni qayerdan olish mumkin?

Buster doza olmoqchi boʻlgan aholi respublikaning barcha davolash-profilaktika muassasalarining emlash punktlarida emlanishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala