Jamiyat

Qarshidagi ulkan bayroq qurilishi yana toʻxtatildi

© AFP / LUIS ROBAYOFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.11.2021
Qarshi shahrida 1,3 milliard soʻmlik bayroq oʻrnatilmaydigan boʻldi. Ikkinchi marta uni qurishdan voz kechishyapti.
TOSHKENT, 22 noya – Sputnik. Qarshi shahrida 1,3 milliard soʻmlik ulkan bayroq ustuni yana qurilmaydigan boʻldi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻlgan bu masalaga viloyat hokimi eʼtibor qaratib, shahar hokimi bilan kelishgan holda ulkan bayroq ustuni qurilmaydigan boʻldi”, - deyilgan xabarda.
taʼkidlanishicha, daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan qolgan mablagʻlar ichki yoʻllar taʼmiri va kommunal sohalarni rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning aprel oyida Qarshida 1,3 milliard soʻmlik ulkan bayroq oʻrnatilishi xabar qilingan edi. Oʻsha payt Qashqadaryo hokimi boʻlgan Zoir Mirzayev bu bayroq qurilishidan voz kechib, u uchun moʻljallangan pullar xaroba yotoqxonalarni taʼmirlashga sarflanishini maʼlum qilgan edi. Keyinroq Qarshi shahar hokimi esa mazkur tashabbusni davom ettirib, bayroq ustun qurilishiga 300 million soʻm mablagʻ ajratgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala