Kolumnistlar

Kutib oling: “Qishda rus tanklari Ukrainaga hujum qiladi”

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishSovetskiy tyajelыy tank IS-3 vo vremya pokazatelnogo vыezda bronetankovoy texniki v Primorskom kraye
Sovetskiy tyajelыy tank IS-3 vo vremya pokazatelnogo vыezda bronetankovoy texniki  v Primorskom kraye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.11.2021
Rossiya Ukraina chegaralari yaqinida tuplagan qoʻshinlaridan qanday maqsadda foydalanishni hal qilmagan boʻlsa-da, AQSH buni jiddiy xavf deb hisoblaydi.
Ushbu yilning bahorida boʻlgan voqealar yana qaytarilmoqda. AQSH qaytadan Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirish mavzusini koʻtarmoqda. Faqat bu safar qoʻrquv yanada kuchliroq singdirilmoqda, “boʻlajak voqealar” hatto turli ikr-chikirlarigacha batafsil hikoya qilib berilmoqda: Vashington “Rossiya hujumini” dekabrda, Sharqiy Yevropada yerlar muzlab qolganidan soʻng, tanklar botib qolmaydigan boʻlganidan soʻng boshlanishidan xavotirda” ekanini aytmoqda.
Bu gaplar nemis OAVida keltirilgan, lekin AQShning oʻzida “hujumgacha juda kam vaqt qoldi” “Putinni ushlab turish uchun diplomatik saʼy-harakatlardan koʻra koʻproq ishlar qilinishi kerakligi” haqida gapirilmoqda. Ushbu “saʼy-harakatlar doirasida ayrim Yevropa rahbarlari hatto Putin bilan shaxsan muloqotda boʻlishgan”. Qanday, dahshat Putin Ukrainaga qarshi qishgi urush kampaniyasini boshlamoqda, yevropaliklar esa uni toʻxtatishga koʻndirishmoqchi.

Yevropaliklarni tezroq ogohlantirish kerak

“Amerika Milliy razvedkasi rahbari Evril Xayns ushbu haftada Bryusselga tashrif buyurdi. Uning vazifasi Rossiyaning Ukraina ishlariga aralashishi haqidagi amerika ixtiyoridagi razvedka maʼlumotlarini NATO elchialariga tarqatish”, - deb yozmoqda The New York Times.
“Rossiya Ukraina chegaralari yaqinida tuplagan qoʻshinlaridan qanday maqsadda foydalanishni hal qilmagan boʻlsa-da, AQSH buni jiddiy xavf deb hisoblaydi”, - deb qoʻshimcha qiladi nashr.
Axir bu gʻirt bemaʼnilik-ku? Rossiyaning Ukrainaga hujum qilishga kim ishonadi? Gʻarb OAVlari bu haqida sakkiz yilldan beri gapirayotgan boʻlsa-da, bu shunchaki propagandadan nariga oʻtmagan edi. Aslida uning maqsadi, bir tomondan Ukrainani NATOga aʼzo qilish uchun zamin tayyorlash, ikkinchi tomondan esa Rossiya – Yevropa munosabatlarning rivojlanishini cheklash edi.
Hozir boʻlsa, AQSH shuncha yildan beri Yevropani qoʻrqitish uchun aytib kelgan choʻpchagiga oʻzi ishongandek. Nahotki shunday boʻlsa?
Ehtimol. Balkim buning uchun Rossiya tomonidan ham biror sabab boʻlgandir? Balim ularni Putinning ushbu soʻzlari choʻchitib yuborgan? “Bizning NATOga yoʻllayotgan ogohlantirishlarimiz natija bermoqda: ularda muayyan “bezovtalik” sezilmoqda. Bizga ushbu “bezovtalik” imkon qadar uzoqroq saqlanib qolgani maʼqul”, - degan edi Rossiya prezidenti biroz oldin.
Birinchidan, rus hujumi haqidagi tutqanoq, prezident chiqishidan bir necha kun oldin boshlangan edi. Ikkinchidan, Putin oʻz nutqida nima sababdan atlantik ittifoq aʼzolarini “bezovtalik” his qilishga majburlash kerakligini ham tushintirib oʻtgan edi - “Rossiya chegaralari yaqinida biror mojaro uyushtirish ularning hayoliga ham kelmasligi uchun.”
Yaʼni Rossiya oʻz xavfsizligi uchun muhim boʻlgan narsalar borasida “qizil chiziqlarni” koʻrsatgan edi. Bu birinchi navbatda Ukrainani NATO qanoti ostiga tortib kirishga qaratilgan harakatlar bilan bogʻliq. Anglosakslar esa buni toʻxtatib qolishmoqchi. Masalan Qora dengizda NATO oʻquv-mashqlarini oʻtkazish yoki Kiyevga qurol-aslaha yetkazib berish orqali.

Ular oʻz harakatlarini nima bilan izohlashmoqda?

“Amerika va Britaniya razvedkassi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning katta qismini oʻz nazorati ostiga olish va hukumat boshiga Moskvaga xayrixoh boʻlgan kishilarni keltirish maqsadida mamlakatdagi vaziyatni beqaror qilishga tayyor”, - deb xabar tarqatmoqda.
Juda yaxshi: Rossiya Ukrainaning bir qismini egallab, Qrimni Rossiya bilan bogʻlovchi “koridor” ochadi. Ikkinchidan Ukrainada tartibsizliklar uyushtiradi, buning oqibatida Kiyevda bugun oʻtirgan Gʻarbga xayrixoh hukumat qulab, uning oʻrniga Moskvaga maʼqul kishilar keladi (ehtimol uy qamogʻida oʻtirgan Medvedchuk).
Darhaqiqat Rossiyaga doʻstona va ittifoqdosh qoʻshni – Ukraina kerak. Faqat buning uchun Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi shart emas. Bunday urush NATO uchugn juda yaxshi sovgʻa boʻlgan boʻlardi. Aks holda strategik nuqtai nazardan ularda Ukrainani oʻz orbitasida ushlab qolish uchun hech qanday imkoniyat yoʻq. Shu sababli ham rus-ukrain mojarosi Rossiyani “jilovlab turish” vositalaridan biri hisoblanadi. Soʻnggi kunda Rossiyaga qarshi qaratilgan ushbu vasvasaning avjiga chiqishi – amalga oshmagan strategiyasning soʻnggi bosqichiga oʻxshaydi.
Nima boʻlganda ham Anglosakslar yoki Kiyevdagi “muvaqqat hukumat” bu haqida nima demasin, Rossiya uchun ushbu urush – oʻz qarindoshlarini oʻldirishga qaratilgan urush boʻlardi, chunka rus va ukrain xalqlari – aslida bir xalq. Shuning uchun Rossiya Ukrainaga qarshi uchush qilmaydi, buning oʻrniga Ukrainani Gʻarb taʼsiri ostidan chiqarish uchun qoʻlidan kelgan barcha harakatni qiladi.
Qanday harakat deganda, kutish va ukrain jamiyati orasida kayfiyatlarni oʻzgartirish bilan. Ularni qanday manipulyatsiya qilishga urinishmasin, bir kun kelib katta va yagona millat haqidagi tushunchalar ularning miyasiga qaytadi. Toʻkilgan qonlar, yer va tarix ovozlari taʼsiri baribir oʻz ishini qiladi. Oʻshanda hech qanday siyosiy texnologlar Ukrainaning Rossiya tomon qayrilishini toʻxtatib qola olmaydi.

Qanday qilib?

Birinchidan, Gʻarb yoʻrigʻiga yurayotgan hozirgi Ukraina elitasi oʻz xatolari bilan oʻz obroʻyinin butunlay toʻkib sarflaydi. Bu yerda asosiysi – ularga xalal bermaslik. Bu ishlari ularning oʻzi juda yaxshi eplaydi.
Ikkinchidan, NATOga qizil chiziqlarni koʻrsatish yoʻli bilan ularni Ukrainani oʻz kayjnb ostiga olishiga yoʻl qoʻymaslik, Ukraina ustidan NATO nazoratini chetga surish.
Ushbu maʼnoda, anglosakslar razvedkasining Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirish haqidagi kutishlari Rossiyaga juda qoʻl kelishi mumkin. Bu ularda Putin aytgan “bezovtalik”ni uygʻotadi. Mayli, ular Rossiya zarbar berishga tayyor deb oʻylayversin. Rossiya ularga batafsil tushuntirib oʻtirmaydi.
Rossiya qoʻshinlari Ukrainaga faqat bir vaziyatda kirishi mumkin – 1939 yilda boʻlgani kabi, xalq ularni guldastalar bilan kutib olgan taqdirda. Lekin Rossiya hech qanday urush yoki okkupatsiyaga yoʻl qoʻymaydi – Gʻarb Ukrainani okkupatsiya qila olmaydi (hatto rammziy maʼnoda ham). Ikkinchidan Rossiya va Ukraina orasida urush boʻlishiga ham yoʻl qoʻymaydi. Hech qanday kuchlar bizning xalqlar orasidagi vaqtincha boʻlingan munosabatlarni tsement bilan qotirib tashlay olmaydi yoki ikki xalqning qayta qoʻshilishiga toʻsiq boʻla olmaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala