Iqtisod

Oʻzbekiston Xitoyga 601 million dollarlik gaz eksport qildi

© Sputnik / Aleksandr Polegenko / Fotobankka oʻtishGaz s materikovoy chasti Rossii nachal postupat v Krыm
Gaz s materikovoy chasti Rossii nachal postupat v Krыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.11.2021
Mamlakat yanvar-oktyabr oylarida Xitoyga 2,6 mln tonna gaz yetkazib bergan.
TOSHKENT, 23 noya – Sputnik. Oʻzbekiston yanvar-oktyabr oylarida Xitoyga umumiy qiymati 601,3 mln dollarga teng 2,6 mln tonna gaz eksport qilgan. Bu haqda Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi maʼlumotlari darak bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, oʻn oylik davr yakuniga Oʻzbekiston Xitoyning gaz eksportyorlari orasida toʻrtinchi oʻrinda bormoqda.
Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, Turkmaniston Pekinga asosiy gaz yetkazib beruvchi davlatlar orasida birinchi oʻrinni egallab turibdi: hisobot davrida Xitoy bu mamlakatdan 5,38 milliard dollarga 19,79 million tonna gaz import qilgan.
Ikkinchi oʻrinni Rossiya band etib turibdi. Xususan, yanvar-oktyabr holatiga Rossiyaning Xitoyga quvur orqali gaz yetkazib berish hajmi yillik hisobda qariyb 2,6 baravarga oshib, 5,9 mln tonnadan ziyodni tashkil etgan.
Keyingi pogʻonalarni Qozogʻiston (865 mln dollarlik 3,73 mln tonna gaz), Oʻzbekiston va Myanma (1,2 mlrd dollarlik 2,5 mln tonna gaz) egallagan.
Gazovaya truba - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.11.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston qishki sovuqda gazni qayerdan oladi?
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala