Migratsiya

Rossiyada migrantlarga qachondan ID-karta berilishi maʼlum boʻldi

© Sputnik / Maksim BlinovPosetitel v mnogofunktsionalnom migratsionnom tsentre Moskvы bliz derevni Saxarovo
Posetitel v mnogofunktsionalnom migratsionnom tsentre Moskvы bliz derevni Saxarovo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.11.2021
Rossiya IIV mamlakatga uch oydan ziyod muddatga kelayotgan mehnat migrantlari va xorijliklarga ID-karta berishni boshlaydi.
TOSHKENT, 23 noya – Sputnik. Rossiyada 29 dekabrdan mehnat migrantlari va xorijliklarga elektron ID-karta berish boshlanadi. Tegishli farmonga Rossiya IIV rahbari Vladimir Kolokoltsev imzo chekdi.
Hujjat Rossiyaga 90 kundan ziyod muddatga kelayotgan barcha mehnat migrantlari va xorijliklarga beriladi. Unda albatta ID-karta egasining barmoq izlari va surati boʻladi.
Elektron kartalar oddiy plastik karta koʻrinishida boʻladi. Old tomonida xorijlikning 8,5 x 5,3 m oʻlchamdagi surati joylashtiriladi. Bundan tashqari, hujjat indentifikatsiya raqamiga ega boʻladi. Hujjatda xorijliklarning ism-sharifi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va jinsi koʻrsatiladi.
Kartaning orqa tomonida xorijlikning qaysi davlat fuqarosi ekanligi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat koʻrsatiladi. Shuningdek, u yerda mikrosxema koʻrinishidagi maʼlumotlarni elektron tashuvchi boʻladi.
Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2020
Migratsiya
Rossiyada migrantlarga ID-karta berish taklif qilindi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala