Termizda O‘zbekiston-Qozog‘iston qo‘shma harbiy mashqlar qanday o‘tkazildi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaV Termeze zavershilis sovmestnie uzbeksko-kazaxskie voyennie ucheniya
V Termeze zavershilis sovmestnie uzbeksko-kazaxskie voyennie ucheniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
Obuna bo‘lish
Mashqda qiruvchi samolyotlar, jangovar vertolotlar, zirhli texnikalar, artilleriya va uchuvchisiz uchish apparatlaridan keng foydalandi.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Qozog‘iston Respublikasi quruqlikdagi qo‘shinlari bosh qo‘mondonlik boshqarmasi shtab boshlig‘i general-mayor Kanish Abubakirov boshchiligidagi qo‘shni davlat harbiy delegatsiyasi 17-noyabr kuni Termiz shahriga yetib keldi. Rejaga ko‘ra ikki davlat harbiy xizmatchilari deyarli bir hafta davomida “Hamkorlik-2021” qo‘shma o‘quvining asosiy fazasiga puxta tayyorgarlik ko‘rdi.
© Ministerstvo oboroni UzbekistanaV Termeze zavershilis sovmestnie uzbeksko-kazaxskie voyennie ucheniya
V Termeze zavershilis sovmestnie uzbeksko-kazaxskie voyennie ucheniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
V Termeze zavershilis sovmestnie uzbeksko-kazaxskie voyennie ucheniya
Mehmonlar “Termiz” poligoni imkoniyatlaridan foydalanish bilan bir qatorda turli madaniy dam olish dasturlaridan ham bahramand bo‘ldi. Ular uchun tadbir tashkilotchilari tomonidan Termiz shahrining tarixiy obidalarini namoyish etuvchi maskanlarga ekskursiyalar uyushtirildi.
O‘quvni kuzatish uchun “Termiz” poligoniga O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov hamda Qozog‘iston mudofaa vaziri general-leytenant Murat Bektanov yetib keldi.
© Ministerstvo oboroni UzbekistanaV Termeze zavershilis sovmestnie uzbeksko-kazaxskie voyennie ucheniya
V Termeze zavershilis sovmestnie uzbeksko-kazaxskie voyennie ucheniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
V Termeze zavershilis sovmestnie uzbeksko-kazaxskie voyennie ucheniya
Mudofaa vazirlarining tashrifi “Termiz” poligoni maxsus o‘quv nuqtalarida o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan ko‘rgazmali chiqishlarni kuzatishdan boshlandi. 45 ta to‘siqdan iborat majmuaviy maxsus-taktik mashqlar yo‘lagi, otliq marafon kabi 50 ga yaqin o‘quv nuqtalarida mohirlik bilan harakat qilayotgan O‘zbepkiston harbiylarining mahorati mehmonlar tomonidan yuqori baholandi.
© Ministerstvo oboroni UzbekistanaV Termeze zavershilis sovmestnie uzbeksko-kazaxskie voyennie ucheniya
V Termeze zavershilis sovmestnie uzbeksko-kazaxskie voyennie ucheniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
V Termeze zavershilis sovmestnie uzbeksko-kazaxskie voyennie ucheniya
“Hamkorlik-2021” qo‘shma o‘quvining asosiy fazasi boshlandi. Dasturga ko‘ra hamkorlikda harakat qilgan harbiylar shartli ravishda chegara hududini buzib kirishga uringan noqonuniy qurolli guruhga qarshi jang olib borishdi. Unda shaxsiy tarkib qiruvchi samolyotlar, jangovar vertolotlar, zirhli texnikalar, artilleriya va uchuvchisiz uchish apparatlaridan keng foydalandi.
© Ministerstvo oboroni UzbekistanaV Termeze zavershilis sovmestnie uzbeksko-kazaxskie voyennie ucheniya
V Termeze zavershilis sovmestnie uzbeksko-kazaxskie voyennie ucheniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
V Termeze zavershilis sovmestnie uzbeksko-kazaxskie voyennie ucheniya
“Hamkorlik-2021” qo‘shma o‘quvi muvaffaqiyatli yakunlanib, unda ishtirok etgan ikki davlat harbiy xizmatchilari tadbirning tantanali yopilish marosimida maydonda saflanishdi.
Marosimda qo‘shma o‘quvda o‘zini ko‘rsatgan o‘zbekistonlik va qozog‘istonlik harbiylarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Yangiliklar lentasi
0