Jamiyat

Toshkent metrosida Face Pay tizimi sinovdan oʻtkazilmoqda

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov Pervыe passajirы sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena
 Pervыe passajirы sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.11.2021
Uning yordamida metro foydalanuvchisi shunchaki validatorga qarab yoʻl haqini toʻlashi mumkin.
TOSHKENT, 23 noya – Sputnik. Toshkent metropolitenida Face Pay tizimi sinovdan oʻtkazilmoqda. Bu haqda “Oʻzbekiston 24” koʻrsatuvida maʼlum qilindi.
Maʼlum qilinishicha, Face Pay texnologiyasi dastlab “Buyuk Ipak yoʻli” bekatida sinovdan oʻtkazilmoqda.

“Metro foydalanuvchisi oʻz yuzini skanerlashi va uni transport yoki bank kartasi maʼlumotlari bilan birga maʼlumotlar bazasiga kiritishi kerak boʻladi. Shundan soʻng yoʻlovchi shunchaki validatorga qarab yoʻl haqini toʻlashi mumkin”, - deyiladi ATTO kompaniyasi xabarida.

Taʼkidlanishicha, jamoat transportida UZCARD, HUMO, VISA, MasterCard, UPI, MIR kontaktsiz bank kartalari orqali toʻlov amalga oshirish tizimi joriy etilgan.
2022 yilda Samarqand, Buxoro, Xorazm, Andijon, Fargʻona va Namanganda yoʻl haqini yigʻishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni rejalashtirilmoqda.
Moskvada 15 oktyabrdan metroning barcha bekatlarida Face Pay tizimi ishga tushirilgandi. Shu tariqa Moskva bu tizim bunchalik keng koʻlamda ishga tushgan dunyodagi birinchi shahar boʻlgan. Chunki Moskva metrosi 240 dan ziyod bekatdan iborat.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala