Samarqand shahrida qanday yangi tumanlar paydo bo‘ladi

© Sputnik / Stas EtveshPloshad Registan v Samarkande
Ploshad Registan v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2021
Obuna bo‘lish
Samarqand shahrini 1 mln aholi yashaydigan yirik shaharga aylantirish uchun 18 ming gektar yer maydoni qo‘shib beriladi.
TOShKENT, 24 noya – Sputnik. Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining navbatdagi qirq beshinchi sessiyasida shaharda tashkil etiladigan yangi tumanlar haqida ma’lumot berildi.
Samarqand shahar hududini 5 ta tumanga bo‘lish rejalashtirilmoqda:
Qorasuv tumani - maydoni 7,921 ming gektari, MFYlar soni 33 ta, aholi soni 134,7 ming kishi;
Siyob tumani - maydoni 4,846 ming gektari, MFYlar soni 100 ta, aholi soni 301,3 ming kishi;
So‘g‘diyona tumani - maydoni 3,741 ming gektari, MFYlar soni 54 ta, aholi soni 184,9 ming kishi;
Bog‘ishamol tumani - maydoni 3,246 ming gektari, MFYlar soni 55 ta, aholi soni 170,5 ming kishi;
Maroqand tumani - maydoni 8,333 ming gektari, MFYlar soni 51 ta, aholi soni 226,6 ming kishi.
Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev shaharga Samarqand, Pastdarg‘om, Toyloq va Oqdaryo tumanlari hisobiga 18 ming gektar maydonni qo‘shib berish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi. Bu Samarqandni 1 million aholi yashaydigan yirik shaharga aylantirish imkonini beradi. Samarqand viloyatining markazi Gulobodga ko‘chiriladi.
Yangiliklar lentasi
0