O‘zbekiston va Tojikiston Milliy gvardiyalari hamkorlikni kengaytiradi

© Press-slujba Nasgvardii Uzbekistana Ustanovleno sotrudnichestvo mejdu Nasgvardiyami Uzbekistana i Tadjikistana
Ustanovleno sotrudnichestvo mejdu Nasgvardiyami Uzbekistana i Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2021
Obuna bo‘lish
Tojikiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni boshchiligidagi delegatsiya ilk bor O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi.
TOShKENT, 25 noya – Sputnik. 24 noyabr kuni Tojikiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-leytenant Bobojon Jamolzoda boshchiligidagi delegatsiya ilk bor O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy gvardiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Milliy gvardiya markaziy devonida Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor Rustam Jo‘rayev ishtirokida tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘mondon o‘rinbosarlari, Markaziy devon boshqarma boshliqlari, brigada komandirlari, shuningdek, Jamoat xavfsizligi universiteti hamda Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi rahbarlari ishtirok etdi.
Ta’kidlanishicha, uchrashuvda har ikki tomon o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashning asosiy ustuvor masalalarini muhokama qilgan.
Yig‘ilish yakunida rahbarlar 2022-yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama amaliy hamkorlik rejasini imzolashdi.
Shuningdek, kadrlar tayyorlash, ularning jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olishdi. Qolaversa, ular xizmat ko‘rsatishning barcha sohalarida tajriba almashishadi.
Delegatsiya a’zolari Jamoat xavfsizligi universiteti, Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi, G‘alaba bog‘i hamda Milliy gvardiyaning qator bo‘linmalari bilan tanishishdi.
Yangiliklar lentasi
0