Xalq ta’limi vaziri o‘qituvchi va ota-onalarga murojaat bilan chiqdi

© Facebook / BaxtiyorOdilovichSaidovMinistr narodnogo obrazovaniya Uzbekistana Baxtiyor Saidov,
Ministr narodnogo obrazovaniya Uzbekistana Baxtiyor Saidov, - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2021
Obuna bo‘lish
Baxtiyor Saidov o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, umuman xalq ta’limi tizimini rivojlantirish yuzasidan takliflarni kutishini ma’lum qilgan.
TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Yangi tayinlangan xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov o‘qituvchilar va ota-onalarga murojaat bilan chiqdi.
Uning ta’kidlashicha, tizimda bugungacha amalga oshirilgan va qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bilan ozmi-ko‘pmi tanishgan. Qilingan ishlar ko‘pligi kabi qilinadigan ishlar ham undan kam emas.
Vazir bir insonning mustaqil va yetuk shaxs sifatida kamol topishida maktabning roli juda katta ekanii qayd etgan. Mazkur sohada faoliyat yuritayotgan har bir insonning oldiga ulkan mas’uliyat, ya’ni bir shaxs taqdiri orqali millat, davlat va kelajagining taqdiriga javobgarlik yotibdi.
Saidov buning uchun, avvalo, pedagoglarning, o‘qituvchilik kasbining mavqeyini ko‘tarish kerak deb hisoblaydi. U fidoyi o‘qituvchilardan tashqari bu kasbga adashib yoki ilojsizlikdan kirib qolgan o‘qituvchilar ham borligini tan olgan.
“Lekin o‘qituvchilik va fidoyilik tushunchalari doimo hamohang bo‘lgan. O‘qituvchi zimmasidagi mas’uliyatni ich-ichidan his qilishi kerak. Kelajagimiz taqdiri o‘qituvchilarimiz qo‘lida”, - deydi XTV rahbari.
Saidov XTV oldida turgan asosiy vazifa bolaning ham, ota-onaning ham o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish ekanini urg‘ulagan.
“Bugun biz xalq ta’limi tizimidagi 7 million aholi taqdiri orqali butun xalqimiz, vatanimiz kelajagiga ta’sir o‘tkazamiz. Buning javobgarligini har bir sohada faoliyat yuritayotgan inson his qilishi lozim. Har birimiz ta’lim rivoji uchun nima qila olaman, degan o‘y bilan yashasak, maqsadimizga erishamiz. Bugun jamoaning oldiga aynan mana shu vazifani qo‘ydim va bu yo‘lda ular men bilan kamarbasta bo‘lishlariga ishonaman. Davlatimiz rahbari tomonidan yaratib berilgan imkoniyat va yuksak ishonchni oqlashimiz zarur”, - deydi vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, vazirlik tomonidan Xalq ta’limi tizimini rivojlantirish bo‘yicha kelgusi 5-yillik Milliy dastur ishlab chiqilmoqda.
Saidov o‘qituvchi nufuzi, o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, umuman xalq ta’limi tizimini rivojlantirish yuzasidan taklif va mulohazalarni o‘zining Facebook᾽dagi sahifasidagi izohlarda va quyidagi so‘rovnoma orqali kutib qolishini bildirgan.
Yangiliklar lentasi
0