Jamiyat

Hokimlik binosi panjaradan xalos boʻldi

© Xokimiyat Tashkentskoy oblastiXokimiyat Tashkentskoy oblasti
Xokimiyat Tashkentskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.11.2021
Nurafshonda hokimlik binosi atrofida panjaralar oʻrniga daraxtlar ekilib, yashil hudud tashkil etiladigan boʻldi.
TOSHKENT, 26 noya - Sputnik. Toshkent viloyati hokimligi binosini oʻrab turgan panjara toʻsiqlari olib tashlandi, deb xabar qildi muassasa matbuot xizmati.
Panjaralar ochilishi natijasida viloyat hokimligi atrofida Nurafshon shahri aholisining dam olish va koʻngilochar maskan yaratish uchun imkon paydo boʻldi.
Xususan, “Amfiteatr” binosini qayta taʼmirlash va uning atrofida koʻngilochar maskan tashkil etishga qarar qilindi.
© Xokimiyat Tashkentskoy oblastiXokimiyat Tashkentskoy oblasti
Xokimiyat Tashkentskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.11.2021
Xokimiyat Tashkentskoy oblasti
Shuningdek, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida bogʻ tashkil etish maqsadida panjaralar olib tashlanib, oʻrniga daraxt koʻchatlari ekish ishlari olib boriladi.
Maʼlumot uchun, mazkur loyihaning ishga tushish vaqti 2022 yilga moʻljallangan. Bogʻ va “Amfiteatr” binosi toʻliq foydalanishga topshirilgach 150 ta ish oʻrni yaratiladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev noyabr oyining bishida Oʻzbekiston daraxt ekish uchun dolzarb 40 kunlik eʼlon qilgan edi. Ushbu tashabbus doirasida respublikaning turli hududlaridan millionlab tup koʻchatlar ekilib, yashil hududlar yaratilmoqda.
© Xokimiyat Tashkentskoy oblastiXokimiyat Tashkentskoy oblasti
Xokimiyat Tashkentskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.11.2021
Xokimiyat Tashkentskoy oblasti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala