Migratsiya

Moskva viloyatida patent uchun toʻlov 16 foizga oshadi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishPress-konferentsiya na temu: "Mashinochitayemыe zaщitnыe priznaki na rossiyskix banknotax"
Press-konferentsiya na temu: Mashinochitayemыe zaщitnыe priznaki na rossiyskix banknotax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.11.2021
Moskva viloyatida mehnat migrantlari uchun patent narxi 16 foizga oshadi.
TOSHKENT, 27 noya — Sputnik. Moskva viloyatida ishlayotgan mehnat migrantlari uchun patent narxi 2022 yil 1 yanvardan boshlab 16 foizga oshib, 5,9 ming rublni tashkil etadi, Moskva viloyat dumasi deputatlari bu haqda tegishli qonun loyihasini qabul qildi. RIA Novosti.
Poluchit patent v Mnogofunktsionalnom Migratsionnom Tsentre Moskvы v Saxarovo (russkiy yazыk)  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2021
Migratsiya
Patent narxi koʻtariladi
2021 yilda patent narxi 5,09 ming rublni tashkil qiladi.
"Qonun loyihasi 2022 yil uchun hududiy koyeffitsiyentni 2,483165 miqdorida aniqlashni taklif qilmoqda. Chet el fuqarolari uchun patent narxi 5,9 ming rublni tashkil qiladi", dedi viloyat iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari Sofya Donskaya Moskva viloyat dumasi yigʻilishida.
2021 yilning birinchi yarmida mehnat migrantlari boʻlgan sanoat tarmoqlari – qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligida rasmiy ish haqi 2020 yilga nisbatan 9,5 foizga oshdi. Shu munosabat bilan patent qiymatini mutanosib ravishda indeksatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Xarajatlarning oshishi migrantlarga soliq yukini tenglashtirish va Rossiya mehnat bozoridagi ish oʻrinlarini himoya qilishga yordam beradi. Qoʻshimcha byudjet daromadlari 1,7 milliard rublni tashkil qiladi.
2015 yilda Rossiya Federatsiyasiga vizasiz rejimda kiruvchi Ukraina, Moldova, Ozarbayjon, Tojikiston va Oʻzbekiston kabi davlatlar fuqarolari uchun Rossiyada ishlash uchun patentlar joriy qilindi. Joriy yilning 10 oyi davomida Moskvada 528 ming patent berildi, shahar byudjetiga shaxsiy daromad soligʻi koʻrinishidagi daromad 16,2 milliard rublni tashkil etdi. Oʻz navbatida, 2015 yildan beri berilgan mehnat patentlari soni 3 milliondan oshdi, byudjetga 107 milliard rubldan ortiq soliq oʻtkazildi.
7 oktyabr kuni Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Oʻzbekistondan 10 ming mehnat migrantini Rossiya qurilish obʼyektlariga olib kelish boʻyicha pilot dasturini ishga tushirish toʻgʻrisida farmonni imzoladi. Kirish uchun tibbiy koʻrik va testdan oʻtish va "Sputnik Layt" bilan emlanish kerak. Barcha xarajatlarni buyurtmachi tomonidan qoplanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala