Dunyoda

Qirgʻizistonda parlament saylovlarida ovoz berish boshlandi

© Sputnik / Igor Yegorov / Fotobankka oʻtishParlamentskiye vыborы v Kыrgыzstane
Parlamentskiye vыborы v Kыrgыzstane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.11.2021
Oʻtgan yil oktyabrida boʻlib oʻtgan avvalgi parlament saylovlari ommaviy noroziliklar ortidan bekor qilingan edi.
TOSHKENT, 28 noya — Sputnik. Qirgʻizistonda Jokorgu Kenesh deputatlarini saylash boshlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirgʻiziston.
Soat 8 dan butun respublika boʻylay 2495 ta, jumladan xorijiy davlatlarda 59 ta saylov uchastkasi oʻz ishini boshlagan. Ovoz berish soat 20 gacha davom etadi.
Ilk bor Qirgʻizistonda parlament saylovlari aralash tizim boʻyicha oʻtmoqda: 54 deputat partiya roʻyxatlari, 36 deputat esa bir mandatli okruglar boʻyicha saylanadi.
Saylovchilar roʻyxatiga 3,7 mln, jumladan, xorijdagi fuqarolar kiritilgan.
Respublikada parlament saylovlari takroran oʻtkazilmoqda, chunki oʻtgan yil oktyabrida oʻtkazilgan saylovlar ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqargandi va bekor qilingandi. Natijada prezident Sooronbay Jeenbekov isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi. Sadir Japarov yangi davlat rahbari boʻldi. Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish boʻyicha referendum boʻlib oʻtdi. Prezident vakolatlari kengaytirildi, parlament va hukumatniki esa qisqardi. Parlament tarkibi 120 deputatdan 90 tagacha kamaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala