Jamiyat

Xorazm va Qoraqalpogʻistondagi Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchilar qolmadi

© Press-slujba Natsgvardii UzbekistanaV Xorezmskoy oblasti i respublike Karakalpakstan zakrыlis doma “Miloserdiya”
V Xorezmskoy oblasti i respublike Karakalpakstan zakrыlis doma “Miloserdiya” - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.11.2021
Xoʻjayli tuman IIB profilaktika inspektori oʻz oilasiga 5 nafar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini qabul qilgan.
TOSHKENT, 28 noya — Sputnik. Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston respublikasida Mehribonlik uylari yopildi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Taʼkidlanishicha, Buxoro viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi M.Rahmatullayev Bolalar uyidan besh nafar tarbiyalanuvchilarni oʻz qaramogʻiga olgan. Qoraqolpogʻistonda Xoʻjayli tuman IIB profilaktika inspektori A.Atamurodov oʻz oilasiga 5 nafar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini qabul qilgan.
Shuningdek, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida istiqomat qiluvchi Ahmedovlar oilasi ham Bolalar shaharchasidan 6 nafar oʻgʻil-qizni oʻz bagʻriga olgan. Qashqadaryo va Fargʻona viloyatida boʻlsa, bir vaqtning oʻzida 21 nafar tarbiyalanuvchilar oʻz oilasiga ega boʻlishdi.
© Press-slujba Natsgvardii UzbekistanaV Xorezmskoy oblasti i respublike Karakalpakstan zakrыlis doma “Miloserdiya”
V Xorezmskoy oblasti i respublike Karakalpakstan zakrыlis doma “Miloserdiya” - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.11.2021
V Xorezmskoy oblasti i respublike Karakalpakstan zakrыlis doma “Miloserdiya”
“Shuni alohida taʼkidlash joizki, bolajon halqimizning ezgulik yoʻlidagi sayʼ-harakatlari natijasida Xorazm viloyati va Qoraqolpogʻiston Respublikasidagi Mehribonlik uylari eshiklari butkul yopildi”, - deyilgan xabarda.
Xabarda shu kungacha Navoiy, Fargʻona va Namangan viloyatlaridagi Mehribonlik uylari oʻz faoliyatlarini yakunlagani qoʻshimcha qilingan.
Stroitelstvo jilogo doma - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Jamiyat
Yetim bolalarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi belgilandi - Hukumat qarori
Avvalroq prezident qarori bilan Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Bolalar uylari Milliy gvardiyaga biriktirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala