Rossiya

Moskvada Yevroosiyo Kongressi boʻlib oʻtadi

© Sputnik / Alexey Filippov / Fotobankka oʻtishPamyatnik Vladimiru Leninu na VDNX v Moskve
Pamyatnik Vladimiru Leninu na VDNX v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.11.2021
Yevroosiyo Kongressi - bu mintaqani rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha davlat organlari, biznes, ilmiy va ekspert hamjamiyati vakillari oʻrtasida ochiq muloqot maydonidir.
TOSHKENT, 29 noya - Sputnik. Moskvadaga Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi (VDNX) bogʻining 57-pavilonida Ikkinchi Yevroosiyo Kongressi boʻlib oʻtadi. Tadbir Yevroosiyo taraqqiyot banki (YEOTB) tomonidan Rossiya hukumati koʻmagidagi tashkil qilinmoqda.
Tadbir davomida ishtirokchilar transport va logistika, suv-energetika kompleksi, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi asosiy infratuzilmaviy davlatlararo loyihalarni, shuningdek, “yashil”moliyalashtirish va davlatlar raqamli transformatsiyasi mexanizmlarini muhokama qiladi.
Yevroosiyo Kongressi - davlat organlari, biznes, ilmiy va ekspert hamjamiyatlari vakillarining Yevroosiyo mintaqasini rivojlantirish masalalari boʻyicha ochiq muloqotlari, shuningdek, milliy iqtisodiyotlar farovonligini oshirish va rivojlantirish maqsadida mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlik uchun platforma hisoblanadi.
Eslatib oʻtamiz, 2020 yil dekabr oyi boshida Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) huzurida kuzatuvchi davlat maqomini olgan edi. May oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi doirasida Toshkent ittifoq aʼzolari bilan qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha YEOTB bilan yaqin hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Joriy yilning iyun oyida Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2021 yil soʻngigacha Yevroosiyo taraqqiyot bankining respublikada vakolatxonasini ochish niyati borligini maʼlum qildi.
Yevroosiyo taraqqiyot banki (YEOTB) xalqaro moliyaviy institut boʻlib, 15 yildan buyon Yevroosiyo maydonida investitsion faoliyatini olib boradi. Bank portfelining asosiy ulushini transport infratuzilmasi, raqamli tizim, yashil energiya, qishloq xoʻjaligi, sanoat va mashinasozlik sohalaridagi integratsiya effektiga ega loyihalar tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala