Jamiyat

Olimlar qaysi sport turi keksalikda aqli zaiflik keltirib chiqarishini aniqlashdi

© pexels/MART PRODUCTIONMRT golovnogo mozga
MRT golovnogo mozga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.11.2021
Dementsiya - bu hayot davomida orttirilgan aqli zaiflik kasalligidir. Olimlar ushbu kasallik keltirib chiqaruvchi sabablaridan birini aniqlashdi.
TOSHKENT, 28 noyabr - Sputnik. Orttirilgan aqli zaiflikka va surunkali entsefalopatiyaga koʻp hollarda kontaktli sport turi bilan shugʻullanadigan va muntazam ravishda boshidan zarba oladigan sportchilar moyil boʻlishi aniqlandi. Bu haqda AQSH Boston universiteti olimlarining Neurology jurnalida chop etilgan tadqiqotida maʼlum boʻldi.
Mutaxassislar guruhi "oq moddaning giperintensivligi" deb ataladigan miya shikastlanishining belgilarini oʻrganib chiqishdi. Ular miya tasvirlarida yorqin dogʻlar sifatida paydo boʻlishi aniqlandi. Tahlil davomida olimlar giperintensivlik zonalari soni va kichik tomir kasalliklarining namoyon boʻlishi oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlashga muvaffaq boʻlishdi.
Tadqiqotchilar jarohatga moyillili boʻlgan faoliyat bilan shugʻullangan insonlarning MRTmaʼlumotlarini solishtirdilar. Aniqlanishicha, ana shunday kasallikka chalinganlarning 90%i - hayoti davomida amerikancha futbol bilan shugʻullangan. Qolganlar esa oddiy futbol oʻynagan, boks bilan shugʻullangan yoki qurolli kuchlar safida xizmat qilgan. Qayd etilishicha, insonlarning aksariyati oʻlimidan oldin dementsiyadan, 71 foizi esa surunkali travmatik entsefalopatiyadan aziyat chekkan.
Avvalroq Germaniyaning Gettingen va Myunxen universitetlari olimlari qonda maxsus biologik belgilarni aniqlagan edi. Ularning ortib borayotgan - bilvosita yaqinlashib kelayotgan akli zaiflik belgilarini koʻrsatgan.
Orttirilgan aqli zaiflik - dementsiya deb ataladi. Bu ilgari olingan bilim va amaliy koʻnikmalarning yoʻqolishi bilan kognitiv faollikning doimiy pasayishi boʻlib, asosan holat keksa odamlarda koʻp kuzatiladi.
Dunyo boʻylab shifokorlar har yili aqli zaiflikning 10 millionga yaqin yangi holatlarini qayd etishadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala