Infografika

Is gazidan zaharlanmaslik uchun nima qilish kerak?

Is gazi (SO) Benzin, solyarka, mazut, tabiiy gaz, koʻmir, oʻtin kabi har qanday uglerodli yonilgʻi toʻliq yonmaganda hosil boʻladigan gaz.
Kundalik hayotda is gazi, aksariyat hollarda isitish pechi va dudboʻron nosozligi tufayli hosil boʻladi. Koʻp xonadonli uylarda - gaz plitkasidan notoʻgʻri foydalanish oqibatida hosil boʻlishi mumkin.
is gazidan zaharlanmaslikning asosiy qoidalari:
mutlaq yopiq bino ichida olovli isitish pechlaridan foydalanmang;
istish pechlari va gaz plitalarini qarovsiz yoqib qoldirmang;
gaz plitasi ishlayotgan xonada havo almashuv tizimi ham yaxshi ishlashi kerak;
foydalanish qoidalarini bilmagan shaxslar gaz uskunalaridan foydalanmasligi kerak;
Agar biror kishi is gazidan zaharlansa uni darhol toza havoga olib chiqish, nashatir spirti hidlatish va tez yordam chaqirish kerak. Jabrlanuvchi oʻziga kelmaganda sunʼiy nafas oldirish kerak.
Batafsil infografikamizda tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala