Lukashenko: Qrim de-fakto va de-yure Rossiyaniki bo‘ldi

© Press-slujba prezidenta Belorussii / Mediabankka o‘tishPrezident Belarusi Aleksandr Lukashenko
Prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2021
Obuna bo‘lish
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Qrimni Rossiyaniki deb tan oldi.
TOShKENT, 1 dek – Sputnik. Qrim 2014-yildagi referendumdan so‘ng de-fakto va de-yureRossiyaniki bo‘ldi. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Qrim de-fakto Rossiyaniki ekanini hammamiz bilardik. Referendumdan keyin de-yure ham Rossiyaniki bo‘ldi”, — dedi Lukashenko.
Belarus rahbari Qrim va Sevastopolga tashrif buyurishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Va tashrif bu mintaqalarni Rossiya qismi ekanini tan olishini anglatadi.
“Agar prezident u yerga (Qrimga – tahr.) borib bo‘lgan bo‘lsa... Rossiya prezidenti bilan. Menga qarang, yana qanaqa tan olish mumkin. Rossiyada deyishadiku, bu o‘z o‘zidan ko‘rinib turgan narsa”, - dedi Lukashenko.
2014 yilning mart oyida Ukrainada amalga oshirilgan davlat to‘ntarishidan so‘ng o‘tkazilgan referendum yakunlariga ko‘ra Qrim Rossiya regioniga aylandi. Rossiya bilan birlashish uchun Qrimdagi saylovchilarning 96,77 %i va Sevastopol aholisining 95,6 %i ovoz bergan. Ukraina yarimorolni o‘ziniki, faqat vaqtincha okkupatsiya qilingan deb hisoblaydi. Moskva yarimorol aholisi xalqaro huquq va BMT nizomiga to‘la mos ravishda Rossiyaga demokratik yo‘l bilan qaytishga qaror qilganliklarini bir necha bor ta’kidlagan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir necha marta Qrim masalasi butunlay yopilgan.
Yangiliklar lentasi
0