Hodisalar

Nukusda YPX xodimi alkotester oʻrniga oʻz telpagidan foydalandi – video

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Fotobankka oʻtishAlkotester
Alkotester  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.12.2021
Nukusda YPX xodimi haydovchidan mastligini aniqlash uchun bosh kiyimiga puflashni soʻradi.
TOSHKENT, 1 dek – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi haydovchini mastligini aniqlash uchun oʻz telpagidan foydalangani aks etgan video tarqaldi. Bunga IIV Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB) munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning noyabr oyida Qoraqalpogʻiston respublikasi Nukus shahridagi dehqon bozori oldida roʻy bergan. U yerda xizmat olib borayotgan YPX xodimi Z.M. “Matiz” mashinasini toʻxtatgan.
YPX xodimi oʻzaro muloqot vaqtida bosh kiyimini yechgan va haydovchidan puflashini soʻragan.
Holat yuzasidan Qoraqalpogʻiston IIV YHXB xizmat tekshiruvini oʻtkazmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala