Qanday choy zararli - mutaxassis izohi

© PixabayChay
Chay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2021
Obuna bo‘lish
Vrach-gastroenterolog fikriga ko‘ra, issiq choy jismoniy emas, balki psixologik jihatdan qizdiradi.
TOShKENT, 1 dek - Sputnik. Ma’lumki, bir piyola xushbo‘y choy qizdirish va kayfiyat ko‘tarish hususiyatiga ega. Ammo, ichimlik harorati juda issiq bo‘lmasligi kerak deydi tibbiyot fanlari nomzodi, vrach-diyetolog, gastroenterolog Margarita Arzumanyan.
Shifokor aytishicha, issiq ichimliklar onkologik kasalliklar, qizilo‘ngach va halqumning shikastlanishiga olib kelishi mumkin. "Shuning uchun ham biz choyni sovigan holda ichamiz, agar ichimlik harorati tana harorati bilan bir xil bo‘lsa nur ustiga a’lo nur bo‘ladi.
Ichimlik biroz issiqroq - aytaylik, 40 gradusda bo‘lsa iste’mol qilish mumkin, ammo uni qaynoq holda ichish aslo mumkin emas. Men kuydiruvchi ta’sir bo‘lmasligi uchun choyni iste’mol qilishdan oldin besh daqiqa kutib turishni tavsiya qilaman", - deydi Margarita Arzumanyan Sputnik radiosiga bergan intervyusida.
Gastroenterologning fikricha, choyning qizdirishi aslida jismoniy emas, balki psixologik ta’sir. "Og‘iz haroratni his qiladi, shuning uchun ham qizigandek bo‘lamiz, oshqozon esa haroratni his qilmaydi. Bu to‘g‘rirog‘i psixologik ta’sir"- deydi mutaxassis.
Choyni yanada foydali qilish uchun ekspert har xil qo‘shimcha moddalar masalan, quritilgan olma, koritsa, jambil yoki apelsin po‘stlog‘i bilan damlashni tavsiya qiladi.
Yangiliklar lentasi
0