Migratsiya

Moskvada kommunal sohada migrantlar soni qisqartirildi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishSnegouborochnaya mashina ubirayet sneg na Krasnoy ploщadi v Moskve
Snegouborochnaya mashina ubirayet sneg na Krasnoy ploщadi v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.12.2021
Moskva kommunal xizmatlari sohasida migrantlar soni 40 foizga kamaydi – 100 mingdan 60 minggacha.
TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Moskva kommunal xizmatlari sohasida migrantlar soni 40 foizga kamaydi – 100 mingdan 60 minggacha.
Bu haqda Moskva merining uy-joy kommunal xoʻjaligi va obodonlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Pyotr Biryukov maʼlum qildi.
Rabotnik pochtamta pereschitыvayet dengi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.12.2021
Migratsiya
Migrantlar ishlaydigan sohalarda maoshlar oshmoqda - Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri
"Agar avvallari ishchilarimiz orasida migrantlar soni 100 mingga yetgan boʻlsa, hozir 60 mingga yaqin. Nafaqat migrantlar, balki sanoatda band boʻlganlarning umumiy soni ham kamaydi - 600 mingdan 450 minggacha", - dedi Biryukov.
Uning soʻzlariga koʻra, bunga 3ta chora: yangi texnologiyalarni qoʻllash, mehnat unumdorligini oshirish va ish jarayonlarini tashkil etish evaziga erishildi.
Bugungi kunda migrantlar nafaqat dvornik, balki chilangar, malyar boʻlib ham ishlamoqda, ular uchun barcha zarur yashash sharoitlari yaratilgan, dedi Biryukov.
Ular har jihatdan qulay shaharchalarda istiqomat qiladi va ular tibbiy yordam bilan taʼminlangan.
Uning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda mashina va asbob-uskunalar ulushi yuqori boʻlganligi sababli yangi kasb-hunarlarni oʻrganishga tayyor boʻlgan xodimlarga ehtiyoj sezilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala