Dunyoda

"Omikron" tufayli Yaponiyadagi Figurali uchish boʻyicha gran-pri bekor qilindi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Fotobankka oʻtishFigurnoye kataniye. V etap Gran-pri. Tseremoniya nagrajdeniya
Figurnoye kataniye. V etap Gran-pri. Tseremoniya nagrajdeniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.12.2021
Koronavirusning yangi shtammi tufayli 30 noyabrdan boshlab Yaponiya oʻz hududiga barcha davlatlardan chet elliklar kirishi taʼqiqlandi. Mamlakatga qaytganlar esa karantinda boʻlishi shart.
TOSHKENT, 2 dek – Sputnik. Yaponiyaning Osaka shahrida 9-12 dekabr kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan figurali uchish boʻyicha Gran-priining final bosqichi koronavirusning yangi shtammi tufayli rasman bekor qilindi.
Bu haqda Yaponiya Konkida uchish sporti federatsiyasiga asosan RIA Novosti xabar berdi.
Rossiyadan ushbu musobaqada kattalar oʻrtasidagi yakka tarzdagi musobaqada turnirda Kamila Valiyeva, Yelizaveta Tuktamisheva, Anna Sherbakova, Alena Kostornaya, Mayya Xromix i Mixail Kolyada ishtirok etishi rejelashtirilgan edi.
Undan tashqari juftliklar orasida Aleksandra Boykova/Dmitriy Kozlovskiy, Anastasiya Mishina/Aleksandr Gallyamov, Darya Pavlyuchenko/Denis Xodikin, Yevgeniya Tarasova/Vladimir Morozovlar, shuningdek, Viktoriya Sinitsina/Nikita Katsalapovlar ishtirok etishi kutilayotgan edi.
Aynan shu kunlari Osakada oʻsmirlar oʻrtasida ham gran-pri turnirining final bosqichini oʻtkazish ham rejashatirilgan edi. Rossiyadan yakka tarzda bolalar oʻrtasida toʻrtta, qizlar oʻrtasida beshta, toʻrtta juftlik sportchilar va uchta raqs duetining ishtiroki kutilayotgan edi.
Eslatib oʻtamiz, JSST Botsvana va JARda aniqlangan koronavirusning yangi shtammi haqida oʻtgan hafta habar bergan edi. Tadqiqotchilar fikriga koʻra, yangi shtamm S-oqsilida juda koʻp mutatsiyalar tashkil qilishgan qodir boʻlib, u juda faol tarqalish va kasallikka chalinganlar hamda emlanganlardagi mavjud antitanachalarga chidamlilik xususiyatiga ega.
Yangi shtamm Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan “xavotirli” deya topildi va unga “omikron”- yunon alfavitidagi 15 harf nomi berildi. Hozirgi kunda omikron bilan kasallanish holatlari dunyoning 27 ta mamlakatida aniqlangan. Va ular orasida Yaponiya ham bor.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala