Rossiya

Roskomnadzor VPN xizmatlarining "oq" va "qora" roʻyxatini tuzmoqda

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishMessendjer Telegram mojet bыt zablokirovan Roskomnadzorom
Messendjer Telegram mojet bыt zablokirovan Roskomnadzorom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.12.2021
Biroz oldin Rossiya nazorat organi oltita yirik xalqaro VPN resurslarini bloklagan edi. Muassasa xabariga koʻra, ular narkotik sotish, pornografiya, suitsidga undash kabi taʼqiqlangan materiallarni tarqatish bilaoʻ shugʻullangan.
TOSHKENT, 2 dek – Sputnik. Rossiyaning aloqa, axborot texnologiyalari va OAV sohasida nazorat yurituvchi muassasasi - Roskomnadzor (RKN) VPN xizmatlari ustidan markazlashgan nazorat oʻrnatilishini maʼlum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Muassasa Rossiyaning bir qator kompaniyalariga oʻzlarining texnologik ish jarayonlarini taʼminlash uchun Betternet, Lantern, X-VPN, Cloudflare WARP, Tachyon VPN, PrivateTunnel kabi VPN xizmatlaridan foydalanishga ehtiyoji boʻlsa, Monitoring va boshqaruv markaziga (TSMU SSOP) xabar qilishni soʻragan.

Soʻralgan maʼlumotlarni elektron pochta manziliga yuborish va unda tashkilot nomi va aloqa uchun telefon raqamlarni koʻrsatish lozim.
Maʼlumot uchun, Sentyabr oyida RKN Rossiya qonunchiligini buzuvchi oltita VPN resurslarini bloklagan edi. Bular: Hola! VPN, ExpressVPN, KeepSolid VPN Unlimited, Nord VPN, Speedify VPN, IPVanish VPN.
Bunday xizmatlardan foydalanish “taʼqiqlangan maʼlumotlarni foydalanish va saqlash, giyohvand moddalar tarqalishi, bolalar pornografiyasi, ekstremizm va oʻz joniga qasd qilish kabi jinoyatlar rivojlanishiga sharoit yaratadi”- deyiladi nazorat organi xabarida.
Shu bilan birga, Roskomnadzor qonunni buzmaydigan va dasturiy taʼminotni uzluksiz ishlashi uchun zarur boʻlgan xususiy tarmoqlarning "oq roʻyxati" borligini ham taʼkidlab oʻtgan.
Eslatib oʻtamiz, 2017 yil noyabr oyida Rossiyada VPN xizmatlari, anonimatorlar va qidiruv tizimlarini taʼqiqlagan kontentga kirishni bloklashga majburlovchi qonun kuchga kirdi. Buning uchun ular Federal davlat axborot tizmiga (FGIS) ulanish va regulyatorning koʻrsatmalarini bajarish lozim.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala