Siyosat

Rossiya vakili Oʻzbekistonning KXSHTga qaytish istiqbollarini baholadi

© Ministerstvo oboronы RF / Fotobankka oʻtishFlagi stran-uchastnits sovmestnogo zasedaniya Soveta ministrov inostrannыx del, Soveta ministrov oboronы i Komiteta sekretarey sovetov bezopasnosti ODKB
Flagi stran-uchastnits sovmestnogo zasedaniya Soveta ministrov inostrannыx del, Soveta ministrov oboronы i Komiteta sekretarey sovetov bezopasnosti ODKB - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.12.2021
Oʻzbekiston Kollektiv xavfsizlik shartnomasida oʻz ishtirokini 2012 yilda toʻxtatib qoʻygan edi. Bugungi kunda KXSHTga oltita davlat aʼzo boʻlib turibdi.
TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Rossiya Oʻzbekistonning KXSHTga qaytish boʻyicha har qanday tashabbusini qoʻllab quvvatlayldi, dedi RIA Novostiga bergan intervyusida Rossiyaning KXSHTdagi doimiy vakili Mikael Agasandyan.
“Biz Oʻzbekistonning suveren tanlovi va KXSHT aʼzolari bilan qurayotgan munosabatlari modelini hurmat qilamiz. Toshkent KXSHTda oʻz ishtirokini 2012 yilda toʻxtatib qoʻygan boʻlishiga qaramasdan, biz oʻzaro munosabatlarni jipslashtirish muhim deb hisoblaymiz, jumladan Afgʻonistondagi vaziyatni hisobga olgan holda ham”, - dedi Agasandyan.
Rossiya doimiy vakili Oʻzbekiston KXSHTning ishonchli hamkori va tashkilotga aʼzo davlatlar uchun doʻstona mamlakat boʻlib qolayotganini alohida taʼkidlab oʻtdi.
“Buning dalili sifatida KXSHTning 23 avgust kuni boʻlib oʻtgan kollektiv hamkorlik Kengashi majlisiga Shavkat Mirziyoyevni taklif qilinishini keltirish mumkin. Ushbu taklifga prezident minnatdorolik bilan javob qaytardi”, - dedi Agasandyan.
“Toshkentning bizning tashkilot tomon qoʻygan har qanday ehtimoliy qadamlarini, jumladan uning toʻlaqonli aʼzosi boʻlish istagini ham biz bajonudil qabul qilamiz”, - dedi diplomat.
Maʼlumot uchun, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ikkinchi nomi "Toshkent shartnomasi") 1992 yil 15 mayda Toshkentda tashkil etilgan edi. Oʻshanda tashkilotga Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Armaniston, Tojikiston va Oʻzbekiston aʼzo boʻlishgan edi. Keyinchalik unga Gruziya, Ozarboyjon va Belarus qoʻshildi. 1999 yilda Oʻzbekiston va Gruziya tashklotda aʼzolik shartnomasini uzaytirishmadi. 2002 yilda tashkilotga KXSHT nomi berildi va BMTda oʻz vakilig ega boʻlgan toʻlaqonli xalqaro tashkilot maqomiga ega boʻldi.
2012 yilning dekabrida Oʻzbekiston oʻzining KXSHTdagi ishtirokini toʻxtatib qoʻydi. Bugungi kunda KXSHTga aʼzo davlatlar Rossiya, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Belarus va Armaniston.
Biroz oldin Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov respublika ayni damda KXSHTga qaytish uchun ehtiyoj sezmayotganini va Rossiya va boshqa Markaziy Osiyo davlatlari bilan birgalikda vujudga kelayotgan terrorchilik xavflarini bartaraf etishni muhim deb hisoblashini xabar qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala